Joriy yilning 08-iyun kuni Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.29/30.12.2019.I.92.01 raqamli Ilmiy kengashda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti mustaqil izlanuvchisi Mirzayev Bobir Soyibjonovichning 08.00.06-Ekonometrika va statistika ixtisosligida “O‘zbekiston Respublikasida sug‘urta kompaniyalarining iqtisodiy rivojlanish tendentsiyalarini ekonometrik modellashtirish” (ilmiy rahbar: f.-m.f.n., dots. Sh.S. Nasretdinova) mavzusidagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishi hamda Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti tayanch doktoranti (PhD) Gafurova Dildoraxon Fatixovnaning 08.00.06 – Ekonometrika va statistika ixtisosligida “Bank sektori moliyaviy holatining iqtisodiy-statistik tahlili” (ilmiy rahbar: i.f.d., prof. B.K. G‘ayibnazarov) mavzusidagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishining onlayn va oflayn himoyasi tashkil etildi. Dissertatsiya himoyalari muvaffaqiyatli o‘tdi.


2

3

4

1

5

Institut jamoasi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti mustaqil izlanuvchisi Mirzayev Bobir Soyibjonovichning ilmiy rahbari f.-m.f.n., dots. Sh.S. Nasretdinova hamda Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti tayanch doktoranti (PhD) Gafurova Dildoraxon Fatixovnaning ilmiy rahbari i.f.d., prof.  B.K. Goyibnazarovni, shuningdek, dissertantlarning oila a’zolarini muvaffaqiyatli dissertatsiya himoyasi bilan tabriklab, keyingi ilmiy izlanishlariga omad tilab qoladi!

1

6

7

Tugmani bosing Tinglash GSpeech