2025-yil 24-30-avgust kunlari Koreya Respublikasida statistika va siyosat bo‘yicha o‘rta darajadagi rahbar kadrlar uchun bo’lib o’tgan treningda Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti direktori Sh.Z.Shukurov ishtirok etdi.

Trening doirasida quyidagi bilim va ko’nikmalar o’rganildi:
- Telefon orqali so‘rovnomalarni samarali tashkil etish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida CATI tizimini joriy etish bo‘yicha takliflarni chuqur o‘rganish.
- Ma’lumotlar sifatini nazorat qilish jarayonini tashkil etishda xalqaro tajribani keng o‘rganish va amaliyotga tatbiq etish.
3.Sun’iy intellekt (AI) va mashinani o‘qitish algoritmlarini joriy etish va shu orqali boshqichma-boshqich ma’lumotlarni qayta ishlash, tozalash, prognozlash hamda sifat nazoratini avtomatlashtirish.
- Integratsiya qilingan ma’lumotlar uchun sifat nazoratining yagona metodikasini joriy etish.

Trening natijasida CATI tizimini Milliy statistika tizimiga bosqichma-bosqich joriy etish bo‘yicha tomonlar o‘zaro hamkorlikda ishlarni tashkil etishni kelishishdi. Shuningdek, sun’iy intellekt uchun mo‘ljallangan uskunalarni joriy etish, ularning sun’iy intellekt modellarini o‘qitish hamda yuqori hajmdagi hisob-kitob ishlarini amalga oshirishda samarali vosita sifatida qo‘llanilishi muhokama qilindi.



