O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi PF-173-son Farmoniga muvofiq Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutida joriy yilning 27 noyabridan 17 dekabrga qadar vazirlik va idoralar, ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan ziyod bo’lgan korxonalarning xodimlarini onlayn ro’yxatdan o’tish bo’yicha amaliy o’qitishlar boshlandi.
Xususan, 27 noyabr kuni Oʻzbekiston fermerlari kengashi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Transport vazirligi, Madaniyat vazirligi, Sport vazirligining mas’ul xodimlari onlayn ro’yxatdan o’tish bo’yicha nazariy va amaliy bilimlarga ega bo’lishdi.





