
Joriy yilning 23 sentabr kuni Institutda Janubiy Koreyaning “Kwangju women’s university” bilan uchrashuv o’tkazildi.

Uchrashuv jarayonida hamkorlik aloqalarini o’rnatish maqsadida memorandum imzolash va uning doirasida quyidagi yo’nalishlarga e’tibor qaratishga kelishildi:
- ilmiy-amaliy tadbirlarni o’tkazish (konferensiya, forum, simpozium, seminarlar);
- ilmiy-tadqiqotlar, innovatsion ishlanmalarni bajarish va ilmiy tanlovlarda hamkorlikda ishtirok etish;
- o’zaro ilmiy nashlarni amalga oshirish, axborot almashinuvini ta’minlash.




