O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining rahbarligida va Agentlik tarkibidagi “O‘zbekistonda statistika tizimi salohiyatini mustahkamlash” loyihasi mablag‘lari hisobidan Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutida “Raqamli statistika” ilmiy-amaliy laboratoriyasi va “Elektron statistika” xalqaro ilmiy nashrlar kutubxonasi tashkil etildi.

labara01

“Elektron statistika” xalqaro ilmiy nashrlar kutubxonasining asosiy vazifalari quyidagilar belgilangan:

- kitobxonlarga taqdim etish qiyin bo‘lgan yoki cheklangan axborot-kutubxona resurslaridan foydalanishni tahminlash;

- qog‘oz va elektron shaklda mavjud bo‘lgan axborot-kutubxona resurslaridan foydalanishni ta’minlash;

- katta hajmli axborot bilan ishlashda foydalanuvchilarga shart-sharoitlar yaratish;

- xizmat ko‘rsatishning sifati va tezkorligini oshirish, foydalanuvchilarga kutubxonaning axborot-kutubxona resurslarini taqdim etish hisobiga axborot-kutubxona muassasalari xizmatlari ro‘yxatini kengaytirish;

- kutubxona texnologiyalarini modernizatsiya qilib borish;

- kutubxonaning axborot-kutubxona resurslarini jahon axborot makoniga integratsiyalash;

- elektron axborot-kutubxona resurslarini uzoq muddat saqlash;

- ma’lumotlar bazasini yaratish uchun ma’lumotlarni to‘plash va qayta ishlash;

- kutubxona resurslarini elektron shaklda raqamlash;

- boshqa xorijiy va mahalliy ta’lim va ilmiy - tadqiqot tashkilotlari hamda axborot-kutubxona muassasalarining elektron kutubxonalari tarmog‘iga ulanishini ta’minlash.

labara02

labara03

“Raqamli statistika” ilmiy-amaliy laboratoriyasining asosiy vazifalari quyidagilar belgilangan:

- statistika, raqamli iqtisodiyot, iqtisodiyot, sun’yi intellekt va boshqa iqtisodiy va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohalarida fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy-tadqiqotlarni amalga oshirish;

- xorijiy, mahalliy oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bilan hamkorlikda ilmiy-tadqiqotlarni amalga oshirish;

- vazirliklar, idoralar, tashkilotlar, korxonalar, mahalliy hokimiyat organlari hamda xalqaro tashkilotlarning buyurtmalari (shartnomalar) asosida ilmiy-tadqiqotlarni amalga oshirish;

- ilmiy-tadqiqot faoliyatlariga xorijiy va mahalliy mutaxassislar, professor - o‘qituvchilar, izlanuvchilarni taklif etish;

- “Ustoz - shogird maktabi” doirasida laboratoriyada bajariladigan ilmiy-tadqiqot faoliyatiga Institutning yoki boshqa ilmiy-tadqiqot, oliy ta’lim tashkilotlarining doktorant, tayanch doktorant, mustaqil izlanuvchilar, magistratura va bakalavr talabalarini shartnoma yoki jamoatchilik asosida jalb qilish;

- ilmiy nashrlarni (monografiya, darslik, o‘quv qo‘llanmalar, ilmiy risolalar, maqolalar va tezislarni) tayyorlash va chop etishga ko‘maklashish;

- ilmiy-amaliy tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish (konferensiya, forum, davra suhbatlari, ilmiy seminar, vebinar), shu jumladan, mahalliy va xorijiy mutaxassislar ishtirokida.

labara04

labara05

labara06

Tugmani bosing Tinglash GSpeech