Halqaro ilmiy nashrlar, axborot resurslarining almashinuvi hamda ulardan soha yo’nalishlarida keng foydalanishga ko’maklashish maqsadida Institut bilan hamkorlik aloqasi o’rnatilgan “E-Line Press” tomonidan Passport, Znanium, «Статистические издания России и стран СНГ» (UDB-STAT) kabi xalqaro ilmiy resurslardan 1 oylik foydalanish imkoniyati bilan sinov tarzida ulandi va resurslardan foydalanish bo’yicha seminar-treninglar o’tkazilishi boshlandi.
Seminar-treninglar o’zbek tilida o’tkazilmoqda hamda 16-17 sentyabr kunlari on-layn seminar-treninglar xorijiy mutaxassis tomonidan o’tkazilishi rejalashtirilgan (o’zbek tilida tarjimasi bilan).




