Joriy yilning 15 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi tashabbusi bilan Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti direktori Sh.Z.Shukurov va direktor o’rinbosari A.A.Abduvaliev Osiyo Taraqqiyot Banki mas’ul vakillari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

Mazkur uchrashuvda Osiyo Taraqqiyot Banki vakillari tomonidan “Ekologik va iqtisodiy hisoblar tizimi (SEEA) yordamida ekologik ko’rsatkichlarni ishlab chiqish va ularni analitik qo’llash” mavzusida taqdimot ko’rib chiqildi va istiqbolda ushbu yo’nalishda hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi.




