2025-yilning aprel oyida tashkil etiladigan o‘quv kurslari to‘g‘risida

Statistika agentligi direktori tomonidan 2024-yil 27-dekabrda tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutida 2025 - yilda statistika organlari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish, respublika ijro etuvchi hokimiyat va mahalliy davlat hokimiyati organlarining statistika bo‘yicha mas’ul xodimlarining malakasini oshirish dasturi” va o‘quv kurslarini o‘tkazish jadvaliga muvofiq, Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti tomonidan shu yilning aprel oyida quyidagi o‘quv kurslari tashkil etiladi:

-“Statistika uslubiyoti va amaliyoti” (hududiy statistika boshqarmalarining tuman va shahar statistika bo‘limlari boshliqlari va xodimlari uchun) - 7-11-aprel sanalarida masofadan o‘qitish shaklida, 14-18-aprel sanalarida an’anaviy o‘qitish shaklida;

-“Raqamli iqtisodiyotda katta hajmdagi ma’lumotlar (Big data) va sun’iy intellekt(Statistika agentligining va hududiy statistika boshqarmalarining bo‘lim boshliqlari va xodimlari, Institut xodimlari uchun) - 8-11-aprel sanalarida masofadan o‘qitish shaklida,   14-17-aprel sanalarida an’anaviy o‘qitish shaklida;

-“Statistika uslubiyoti va amaliyoti” (hududiy statistika boshqarmalarining tuman va shahar statistika bo‘limlari boshliqlari va xodimlari uchun) - 14-18-aprel sanalarida masofadan o‘qitish shaklida, 21-25-aprel sanalarida an’anaviy o‘qitish shaklida;

-“Statistika (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)” qayta tayyorlash kursi (Statistika agentligi markaziy apparati va hududiy statistika organlarining tayanch (oliy) ma’lumoti statistika va iqtisodiyot bo‘lmagan barcha toifadagi xodimlari uchun mo‘ljallangan 576 soatlik o‘quv kursi) - 14-30-aprel sanalarida an’anaviy o‘qitish shaklida.

 

O‘quv – uslubiy ishlar bo‘limi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech