Rossiyaning Ural Federal Universitetining joriy yilning 3 dekabrdagi 33.01-32/531-sonli taklif xatiga asosan hamkorlik memorandumi doirasida Institutning ilmiy ishlar, innovatsiyalar va xalqaro aloqalar bo’yicha o’rinbosari A.A.Abduvaliev magistrlar uchun onlayin ma’rusa darsini o’tkazdi.

ufu01

Onlayin ma’ruza darsi Ural Federal Universitetining “Raqamli hududlar: davlat va korporativ boshqaruv tizimida raqamli transformatsiyalarni boshqarish” dasturi bo’yicha amalga oshirildi. Bunda A.A.Abduvaliev xorijiy tajriba sifatida so’ngi yillarda O’zbekistonda innovatsion iqtisodiyotning shakillanishi va raqamlashtirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning samaradorliklari to’g’risida ma’ruza o’tkazdi.

ufu02

ufu03

Tugmani bosing Tinglash GSpeech