2025-yil 24-iyun kuni institutimizda “Statistika (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)” qayta tayyorlash o‘quv kursining 13-25-guruhi tinglovchilari o‘rtasida, shu guruhning kuratori-sport koordinatori Sh.R.Djumaniyazov tomonidan sportning shaxmat, shashka va stol teniisi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi. Mazkur musobaqa yakunida faxrli o‘rinlarni olgan va faol qatnashgan tinglovchilarga institut direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi A.A.Abduvaliyev, “Statistika” kafedrasi mudiri A.J.Siddikov va sport koordinatori Sh.R.Djumaniyazovlar tomonidan sertifikatlar taqdim etildi. Musobaqa qiziqarli va mazmunli o‘tdi.







