mdh01

Joriy yilning 2-4 oktabr kunlari O’zbekiston Respublikasi Statistika agentligi, Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi Ijroiya qo’mitasi va MDH Davlatlararo Statistika qo’mitasi bilan hamkorlikda “MDHning II xalqaro statistika forumi: statistikada yangi texnologiyalar va ma’lumotlar manbalari” mavzusida xalqaro darajadagi forum o’tkazildi.

mdh02

Forumning asosiy maqsadi – statistika sohasida raqamli texnologiyalarni keng qo’llash bo’ycha ilg’or xalqaro tajriba almashish, raqamli transformatsiya sharoitida statistik jarayonlarni modernizatsiya qilish, rasmiy statistikani shakillantirish uchun muqobil ma’lumotlar manbalari, shu jumladan, katta hajmli ma’lumotlar va sun’iy intelekdan keng foydalanish masalalarini muhokama qilishdan iborat.

mdh03

Institut jamoasi ham mazkur forumda ma’ruza chiqishlari bilan faol ishtirok etishdi. Hususan, iqtisod fanlari doktori, professor, akademik S.S.Gulyamov: “Data in CIS statistics: problems, analysis and innovative cybersecurity solutions” mavzusidagi ma’ruza bilan hamda Institutning direktor o’rinbosari A.A.Abduvaliev “Institute for advanced training and statistical research as an educational and scientific basis for improving the statistical system of Uzbekistan” mavzusidagi ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.

mdh04

Tugmani bosing Tinglash GSpeech