Joriy yilning 19 fevral kuni Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti direktori Sh.Z.Shukurov O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasining Xalqaro eksperti – Dominik Rozkrut bilan amaliy uchrashuv o’tkazdi.
Mazkur uchrashuvda Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutida joriy yilda bajarilayotgan statistika tizim xodimlarini malaka oshirish va qayta tayorlash kurslari, ilmiy-tadqiqotlar dasturi va ularning amaliy natijadorligi to’g’risida batafsil ma’lumotlar berildi.
Xalqaro ekspert Dominik Rozkrut institutning yaqin va uzoq istiqbollarda xalqaro tajriba almashinuvini kengaytirish, qo‘shma ilmiy tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, statistika tizimida kadrlar salohiyatini oshirish bo‘yicha trening va seminarlar tashkil etish bo’yicha taklif va tavsiyalar bildirdi.





