“ZNANIUM.RU” ILMIY ADABIYOTLAR PLATFORMASIDAN FOYDALANISH BOYICHA VEBINAR

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining tashabbusi va Jahon bankining moliyaviy ko’magi asosida Institutda 2025 yil uchun obunasi tashkil etilgan “Znanium.ru” ilmiy adabiyotlar platformasidan foydalanish boyicha 16 yanvar kuni vebinar o’tkazildi.

Vebinarda Institutning doktorantlari, tayanch doktorantlari, mustaqil izlanuvchilari ishtirok etishdi. “Znanium.ru” ilmiy adabiyotlar platformasida chop etilayotgan so’nggi ilmiy maqolalar va adabioytlar bilan tanishish orqali dissertatsiya tadqiqotlarini yanada boyitish imkoniyati yaratildi.



