Joriy yilning 25-27 noyabr kunlari Koreya Hukumatining Rivojlanishga rasmiy yordam (Official Development Assistance – ODA) dasturi doirasida Koreya statistikani qo’llab-quvvatlash instituti, O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi hamda Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti mas’ullari ishtirokida 2025 yilda hamkorlik doirasida bajarilgan ishlar va istiqboldagi vazifalar muhokamasiga bag’ishlangan uchrashuvlar bo’lib o’tdi.


O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi tashabbusi bilan 2025 yilda hamkorlikda bajarilgan ishlarning natijasi sifatida Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutida 1ta o’quv xonasi to’liq ta’mirlandi hamda zamonaviy kompyuter va texniklar bilan jihozlandi va tadbir ishtirokchilari bilan birgalikda mazkur o’quv xonasining tantanali ochilish marosimi bo’lib o’tdi.



Shuningdek, Koreya statistikani qo’llab-quvvatlash instituti, O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi hamda Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti mas’ullari ishtirokida ODA dasturi bo’yicha 2025 yilda belgilangan vazifalarning to’liq va muvoffaqiyatli bajarilganligiga bag’ishlangan yakunlash marosimi bo’lib o’tdi.



