2025-yilning fevral oyida tashkil etiladigan o‘quv kurslari to‘g‘risida
Statistika agentligi direktori tomonidan 2024-yil 27-dekabrda tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutida 2025 - yilda statistika organlari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish, respublika ijro etuvchi hokimiyat va mahalliy davlat hokimiyati organlarining statistika bo‘yicha mas’ul xodimlarining malakasini oshirish dasturi” va o‘quv kurslarini o‘tkazish jadvaliga muvofiq, Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti tomonidan shu yilning fevral oyida quyidagi o‘quv kurslari tashkil etiladi:
-“Statistika uslubiyoti va amaliyoti” (hududiy statistika boshqarmalarining tuman va shahar statistika bo‘limlari boshliqlari va xodimlari uchun) - 3-7-fevral sanalarida masofadan o‘qitish shaklida, 10-14-fevral sanalarida an’anaviy o‘qitish shaklida;
-“Uy xo‘jaliklarining tanlanma kuzatuvini tashkil etish va o‘tkazish” (hududiy statistika boshqarmalarining Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari bo‘limlari mutaxassislari (intervyuyerlari) uchun) - 5-7-fevral sanalarida masofadan o‘qitish shaklida, 10-13-fevral sanalarida an’anaviy o‘qitish shaklida;
-“Uy xo‘jaliklarining tanlanma kuzatuvini tashkil etish va o‘tkazish” (hududiy statistika boshqarmalarining Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari bo‘limlari mutaxassislari (intervyuyerlari) uchun) - 19-21-fevral sanalarida masofadan o‘qitish shaklida, 24-27-fevral sanalarida an’anaviy o‘qitish shaklida.
O‘quv – uslubiy ishlar bo‘limi.


