photo_2022-08-05_11-53-10

Rasmiy nomi:

  O'zbek tilida:

    To'liq nomi - O‘zbekiston Respublikasi Milliy Statistika qo‘mitasining, Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti;

      Qisqartirilgan nomi – Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti;

   Ingliz tilida:

      Full name - Institute for professional skills upgrading and statistical research of the National Statistics Committee of the Republic of Uzbekistan;

      Abbreviated name – Institute for Staff Advanced Training and Statistical Research;

   Rus tilida:

     Полное наименование - Институт подготовки кадров и статистических исследований Национального статистического комитета Республики Узбекистан;

      Сокращенное наименование – Институт повышения квалификации кадров и статистических исследований.

 

  

Huquqiy asos

  • Davlat statistika qoʻmitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti sobiq Kadrlarni qayta tayyorlash va statistika tadqiqotlari markazining huquqiy vorisi hisoblanadi.
  • Institut oʻz faoliyatini Davlat statistika qoʻmitasining 2019-yil 10-sentabrdagi 94-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan Ustavga (Toshkent shahar, Mirzo Ulugʻbek tumani Davlat xizmatlari markazida 2019-yil 11-sentabrda roʻyxatga olingan), har yili Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadigan davlat statistika organlari xodimlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash dasturi hamda statistika tadqiqotlarini amalga oshirish dasturiga muvofiq amalga oshiradi.
  • Institut faoliyatining asosiy maqsadi - davlat statistika organlari xodimlarining malakasini oshirishni tizimli asosda samarali tashkil qilish, oʻqitish jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini va innovatsion usullarni keng joriy etish, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda, shuningdek tarmoqlar va mintaqaviy muommolar boʻyicha statistik tadqiqotlarni olib borishdan iborat. Tizim xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha institutda 2 ta kafedra, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda, hamda tarmoqlar va mintaqaviy muammolar boʻyicha statistik tadqiqotlarni olib borish boʻyicha 3 ta boʻlim tashkil etilgan.
  • Institutda “Oʻzbekiston statistika axborotnomasi” choraklik elektron ilmiy jurnali (www.statmirror.uz, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining 2019-yil 27-avgustdagi 1309-son guvohnomasi) nashr etiladi. Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2019-yil 30-sentabrdagi 269/2-son qaroriga asosan, “Ekonometrika va statistika” hamda “Iqtisodiyotda axborot tizimlari va texnologiyalari” ixtisosliklari boʻyicha iqtisodiyot fanlari doktori ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengash (DSc.30.09.2019.I.92.01 raqamli) faoliyat yuritadi. Mos ravishda, har yili ajratiladigan qabul kvotalariga asosan, ilmiy izlanuvchilar uchun mazkur ixtisosliklar boʻyicha tayanch doktorantura va doktorantura tashkil etiladi.
Asosiy majburiyatlari

Institut faoliyatining asosiy maqsadi davlat statistika organlari xodimlarining malakasini oshirishni tizimli asosda, muntazam ravishda samarali tashkil qilish, oʻqitish jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini va innovatsion usullarni keng joriy etish, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda, shuningdek tarmoq va mintaqaviy statistika muommolari boʻyicha tadqiqotlarni olib borish hisoblanadi.

Institutning asosiy vazifalari quyidagilar:

  • davlat statistika organlari hamda boshqa vazirlik va idoralar xodimlarining bilim va koʻnikmalarini rivojlantirish hamda takomillashtirishni, shuningdek, kasb mahorati yuksak darajada boʻlishini taʼminlaydigan tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tashkil etish;
  • statistika borasidagi koʻnikmalarni rivojlantirish, tahliliy fikrlash qobiliyatini shakllantirish va ularni amaliyotda qoʻllashga yoʻnaltirilgan, asosan ixtisoslik fanlaridan iborat boʻlgan zamonaviy taʼlim standartlari va sifat jihatidan yangi oʻqitish tizimini joriy etish;
  • statistika sohasidagi ilgʻor tajriba va ilmiy-tadqiqot yutuqlarini ayirboshlash, shuningdek, mutaxassislar tayyorlash, ularning malakasini oshirish va stajirovka oʻtashi boʻyicha mahalliy va xorijiy ilmiy hamda taʼlim muassasalari, xalqaro statistika tashkilotlari bilan hamkorlik qilish;
  • tinglovchilar tomonidan hodisa va jarayonlarni statistik hamda iqtisodiy tahlil qilish uslublari va yondoshishlarning oʻzlashtirilishini taʼminlash, jumladan mustaqil amaliy topshiriqlarni bajarish yoʻli bilan;
  • taʼlim berish ishlarini takomillashtirish, statistika nazariyasi va amaliyotiga yangicha yondashishlar toʻgʻrisidagi tematik oʻquv qoʻllanmalarni, oʻquv va metodik adabiyotlarni ishlab chiqish va tarqatish, kurslarni oʻzlashtirish boʻyicha nazariy va amaliy nazorat tadbirlarini ishlab chiqish hamda oʻtkazish;
  • boshqa soha mutaxassislarining statistikaga oid bilimlarini oshirish boʻyicha shartnoma asosida oʻqishlar tashkil etish;
  • mavjud oʻquv-uslubiy, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va takomillashtirish, oʻquv jarayoniga davlat statistikasi sohasida mutaxassislarni sifat jihatdan yangi darajada tayyorlashni taʼminlovchi, oʻqitishning zamonaviy texnik vositalarini, pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish;
  • milliy darajada qoʻllanilayotgan metodologik vositalar, davlat va idoraviy statistik kuzatuvlarni xalqaro darajada uygʻunlashtirish, moslashtirish va qiyoslash nuqtai nazaridan ularni malakali ekspertizadan oʻtkazish;
  • keyinchalik amaliyotda qoʻllash uchun ilgʻor statistika metodlari va texnologiyalari, shuningdek, ochiq maʼlumotlar sohasida ilmiy tadqiqotlarni hamda innovatsion ishlanmalarni amalga oshirish, shuningdek statistika masalalari boʻyicha mahalliy va xalqaro loyihalarda ishtirok etish;

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech
Tugmani bosing Tinglash GSpeech