O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2017-yil 31-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining 2016-yil 28-yanvardagi 220/2-son qarori bilan tasdiqlangan “Malakaviy imtihonlarni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom”ga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi 239/6-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutida joriy yilning 29-noyabr kuni malakaviy imtihonlar o’tkazildi.
Malakaviy imtihonlar 08.00.06 - “Ekonometrika va statistika” va 08.00.14 - “Iqtisodiyotda axborot tizimlari va texnologiyalari” ixtisosliklari bo‘yicha muvoffaqiyatli o’tkazildi.






