
Joriy yilning 25 aprel kuni Millat Umidi universitetida O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, akademik S.S.Gulyamov ishtirokida ilmiy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda “Yangi O‘zbekistonning innovatsion rivojlanishida raqamli texnologiyalarning samaradorligi” mavzusi muhokama qilindi. Akademik S.S.Gulyamov raqamli texnologiyalarning ahamiyati, yoshlarning bilimga bo‘lgan qiziqishi va kelajakdagi imkoniyatlar haqida fikr bildirdi.
Tadbir talabalarda katta taassurot qoldirdi va ularning ilmga bo‘lgan intilishini yanada mustahkamladi.




