
2025-YILNING II-CHORAGI UCHUN MUSTAQIL IZLANUVCHILIKKA TALABGORLARNING SUXBATLARI O‘TKAZILDI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-fevraldagi “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4958-sonli Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 304-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, “Oliy o‘quv yurtidan keingi ta’lim to‘g‘risidagi Nizom”da belgilangan talablar doirasida joriy yilning 25-fevral kuni 08.00.06-“Ekonometrika va statistika” hamda 08.00.14-“Iqtisodiyotda axborot tizimlari va texnologiyalari” ixtisosliklari bo‘yicha mustaqil izlanuvchilikka kirish suhbatlari muvoffaqiyatli o‘tkazildi.
Suhbatlar 08.00.06-“Ekonometrika va statistika” va 08.00.14-“Iqtisodiyotda axborot tizimlari va texnologiyalari” ihtisosliklari bo‘yicha tashkil etildi. Unda ishtirok etgan talabgorlar ilmiy izlanuvchilik darajasiga mos ekanligini aniqlash maqsadida bir qator muhim mezonlar asosida baholandi. Xususan, nomzodlarning tanlangan ixtisoslik bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari, ilmiy izlanish olib borish qobiliyati, ilmiy tadqiqot ishining dolzarbligi va uning milliy hamda xalqaro ilmiy hamjamiyatga qo‘shadigan hissasi tahlil qilindi.
Suhbat natijalariga ko‘ra, 08.00.06-“Ekonometrika va statistika” ixtisosligi bo‘yicha 2 nafar fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun, 10 nafar talabgorlar falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun talabgorlar mustaqil izlanuvchilikka qabul qilindi.
08.00.14-“Iqtisodiyotda axborot tizimlari va texnologiyalari” ihtisosligi bo‘yicha 2 nafar fan doktori (DSc) va 2 nafar talabgorlar falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun qabul qilindi.


