Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar Instituti hamda Evropaning Madaniyat va Ijtimoiy-iqtisodiy Hamkorlik Assotsiatsiyasi (ACCESS) bilan hamkorlik memorandumi imzolandi.

O’zaro hamkorlik memorandumda belgilangan asosiy yo’nalishlar quyidagilardan iborat:
- halqaro darajada ilmiy-amaliy tadbirlarni (konferensiya, seminar, simpoziumlarni) o’tkazish;
- ilmiy ma’lumotlarni almashinuvini ta’minlash;
- yuqori malakali ilmiy hodimlarni ilmiy-amaliy tadqiqotlarga jalb qilish;
- PhD izlanuvchilarga maslahatlar berish va dissertatsiyalarigako’maklashish;
- hamkorlikda ilmiy-tadqiqot va ta’limni amalga oshirish;
- Evropa Ittifoqi dasturlari doirasida hamkorliklarni amalga oshirish va boshqalar.


