
Mustaqil izlanuvchilikka hujjat topshiruvchi talabgorlar diqqatiga!
2024-yilning navbatdagi choragi uchun mustaqil izlanuvchilikka Yagona elektron tizim phd.mininnovatsion.uz orqali onlayn hujjatlar qabuli boshlandi.
Mustaqil izlanuvchilikka kiruvchi nomzodlar quyidagi xujjatlarni phd.mininnovation.uz saytiga yuklashlari lozim:
- magistrlik (mutaxasislik dasturi bo‘yicha) diplom nusxasi;
- mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;
- ilmiy ishlar ro‘yxati va ularning nusxalari;
- institut direktori nomiga ariza;
- ish joyidan tavsifnoma;
- ma’lumotnoma (ob’ektivka);
- pasport nusxasi.
Hujjatlar 2024-yil 25-avgustga qadar yagona elektron tizimi orqali qabul qilinadi.


