
Joriy yilning 26-27 avgust kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Belarus Respublikasi Milliy Majlisi Respublika Kengashi tomonlaridan tashkil etilgan Milliy mahsulotlar ko’rgazmasi faoliyatida Institut va «Belorusiya Fanlar Akademiyasining Tizimli tahlil va strategik tadqiqotlar markazi» Davlat ilmiy muassasasi bilan “Hamkorlik qilish protokoli” rasmiylashtirildi.

Hamkorlik doirasida quyidagi yo’nalishlarda faoliyat yuritish kelishildi:
- ilmiy-amaliy tadbirlarni o’tkazish (konferensiya, forum, simpozium, seminarlar);
- ilmiy-tadqiqotlar, innovatsion ishlanmalarni bajarish va ilmiy tanlovlarda hamkorlikda ishtirok etish;
- o’zaro ilmiy nashlarni amalga oshirish, axborot almashinuvini ta’minlash.



