
JURAYEV SUXROBJON SALOXIDDIN O‘G‘LI
“Mard o’g’lon” davlat mukofoti sovrindori
Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutining 08.00.14 – “Iqtisodiyotda axborot tizimlari va texnologiyalari” ixtisosligi I-bosqich mustaqil izlanuvchisi
Shahrisabz davlat pedagogika institutining Informatika va uni o‘qitish metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi Jurayev Suxrobjon Saloxiddin o‘g‘li O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori bilan “Mard o’g’lon” davlat mukofoti bilan taqdirlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika Agentligining Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti jamoasi Jurayev Suxrobjon Saloxiddin o‘g‘lini yuksak e’tirof bilan tabriklaydi va Vatan ravnaqi yo’lidagi ilmiy-ijodiy faoliyatiga yutuqlar tilaydi.


