
M.Auezov nomidagi Janubiy-Qozog’iston universitetining joriy yilning 10 iyul sanasidagi (№01-06/3945-sonli) xati bilan Akademik S.S.Gulyamov universitetning “ВЕСТНИК НАУКИ ЮЖНОГО КАЗАХАСТАНА” ilmiy jurnalining taxririyat a’zolari tarkibiga kiritilganligi ma’lum qilindi.

O’z navbatida M.Auezov nomidagi Janubiy-Qozog’iston universitetining “Iqtisodiyot” kafedrasi mudiri, i.f.d., professor Yesirkepova Altin Maxmudovna O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutida yuritilayotgan “O’zbekiston statistika axborotnomasi” ilmiy-elektron jurnalining tahririyat tarkibiga kiritilishi taklifi jurnal tahririyati tomonidan qabul qilindi.


