Joriy yilning 26 mart kuni Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar Institutida Bolgariyaning D.A.Tsenov nomidagi Iqtisodiyot Akademiyasining mas’ul xodimi, professor Mariana Mateeva Petrova bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

2703202501123

Uchrashuvning asosiy maqsadi ikki tomonlama manfaatli bo’lgan hamkorlik memorandumini muhokama qilish bo’lib mazkur memorandumda quyidagi yo’nalishlarni yoritish kelishildi:

- hamkorlikda ilmiy-amaliy tadbirlarni o’tkazish;

- hamkorlikda ta’lim yo’nalishlarini rivojlantirish;

- hamkorlikda ilmiy-amaliy tadqiqotlarni amalga oshirish;

- Institutning “Raqamli statistika” ilmiy-amaliy laboratoriyasining faoliyatini rivojlantirish;

- oliy ta’limdan keyingi ta’limda tahsil oluvchilarning ilmiy-nazariy bilimlarini oshirish va boshqalar.

2703202503

2703202504

Tugmani bosing Tinglash GSpeech