Joriy yilning 30 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi raisi B.S.Hamrayev tomonidan Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutida 2026-yilda bajariladigan ilmiy-tadqiqotlar dasturi tasdiqlandi.
Dasturga muvofiq joriy yilda quyidagi mavzular bajarilishi rejalashtirilgan:
Geoma’lumot / sputnik tasvirlari asosida qishloq xo‘jaligi statistikasida hosilni baholash uslubiyotini yaratish;
ISO 3534-3:2013 (E/F) Statistika uslubiyatlar. Lug’at va shartli belgilar – 3-qism: Taribalarni rejalashtirish;
ISO 3534-4:2014 Statistika uslubiyatlar. Lug’at va shartli belgilar – 4-qism: Tanlanma kuzatuv;
Startap loyihalarga kiritilayotgan investitsiyalar hajmini baholash uslubiyotini yaratish;
Eksport va import narxlari indeksini hisoblash uslubiyotini takomillashtirish;
Ishlab chiqarish faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarning iqtisodiy faoliyatini tanlanma kuzatuv usulida statistik tadqiq
etishning uslubiyotini yaratish;
Turizm yordamchi hisoblarini shakllantirish uslubiyotini takomillashtirish;
Mikroma’lumotlardan ilmiy maqsadda foydalanish reglamenti va “secure access” modeli;
Milliy iqtisodiyotda kreativ iqtisodiyotning ulushini hisoblash (2025-yil koʻrsatkichlari asosida).


