Institut haqida


    Davlat statistika qoʻmitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti sobiq Kadrlarni qayta tayyorlash va statistika tadqiqotlari markazining huquqiy vorisi hisoblanadi.

 

    Institut oʻz faoliyatini Davlat statistika qoʻmitasining 2019-yil 10-sentabrdagi 94-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan Ustavga (Toshkent shahar, Mirzo Ulugʻbek tumani Davlat xizmatlari markazida 2019-yil 11-sentabrda roʻyxatga olingan), har yili Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadigan davlat statistika organlari xodimlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash dasturi hamda statistika tadqiqotlarini amalga oshirish dasturiga muvofiq amalga oshiradi.

 

    Institut faoliyatining asosiy maqsadi - davlat statistika organlari xodimlarining malakasini oshirishni tizimli asosda samarali tashkil qilish, oʻqitish jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini va innovatsion usullarni keng joriy etish, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda, shuningdek tarmoqlar va mintaqaviy muommolar boʻyicha statistik tadqiqotlarni olib borishdan iborat. Tizim xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha institutda 2 ta kafedra, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda, hamda tarmoqlar va mintaqaviy muammolar boʻyicha statistik tadqiqotlarni olib borish boʻyicha 3 ta boʻlim tashkil etilgan.

 

    Institutda “Oʻzbekiston statistika axborotnomasi” choraklik elektron ilmiy jurnali (www.statmirror.uz, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining 2019-yil 27-avgustdagi 1309-son guvohnomasi) nashr etiladi. Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2019-yil 30-sentabrdagi 269/2-son qaroriga asosan, “Ekonometrika va statistika” hamda “Iqtisodiyotda axborot tizimlari va texnologiyalari” ixtisosliklari boʻyicha iqtisodiyot fanlari doktori ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengash (DSc.30.09.2019.I.92.01 raqamli) faoliyat yuritadi. Mos ravishda, har yili ajratiladigan qabul kvotalariga asosan, ilmiy izlanuvchilar uchun mazkur ixtisosliklar boʻyicha tayanch doktorantura va doktorantura tashkil etiladi.

 Institutning 2019-2021 yillardagi faoliyati

natijalari bilan batafsil tanishish

Новости

Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti tomonidan "Statistika: Oʻquv-uslubiy qoʻllanma" ishlab chiqildi

19-01-2022

Oʻquv-uslubiy qoʻllanma Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligiga bagʻishlanadi.

"Statistik tahlilda amaliy dasturiy paketlardan foydalanish" bo`yicha uslubiy qo`llanma ishlab chiqildi

19-01-2022

Statistik tahlilda amaliy dasturiy paketlardan foydalanish: uslubiy qoʻllanma. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti. – T.: Oʻz.R.DSQ, 2022 – 64 b.