Joriy yilning 20 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi Moskva shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlatlararo statistika qo‘mitasi tomonidan Xalqaro statistika kuni munosabati bilan “Statistikada ta’lim” mavzusida xalqaro konferensiya o’tkazildi.
Mazkur konferensiyada rasmiy taklif asosida O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti direktori o’rinbosari A.Abduvaliev ishtirok etdi.


Xalqaro konferensiyaning kun tartibi bo’yicha Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlarining statistika yo’nalishidagi ta’lim tashkilotlarida amalga oshirilayotgan islohotlar, natijalar va yutuqlari taqdimotlar shaklida namoish etildi va muhokamalar olib borildi. Konferensiyaning kun tartibi bo’yicha A. Abduvaliev xalqaro “Transformatsiya podgotovki kadrov sistemi statistiki i prioritetniye napravleniya nauchnoy deyatelnosti” mavzusidagi taqdimot bilan ma’ruza qildi.





