

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-fevraldagi “O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” 106-son qarorining 1-ilovasi 14 bandida institut ҳuzuridagi Oliy tahlimdan keyingi tahlim instituti faoliyatini samarali tashkil etish, ilmiy kengashlar va dissertatsiyalar himoyalari tizimini xalqaro tajribaga muvofiqlashtirish belgilangan.


Mazkur vazifaning ijrosini ta’minlash maqsadida Institutning 2025-yil 5-martdagi 7-sonli buyrug’i bilan 08.00.06-“Ekonometrika va statistika” va 08.00.14 – “Iqtisodiyotda axborot tizimlari va texnologiyalari” ixtisosliklari bo’yicha tayanch doktorantura (PhD), doktorantura (DSc) va mustaqil izlanuvchilikda tahsil olayotgan ilmiy izlanuvchilar uchun mutahassislik fanlaridan maxsus kurslar tashkil etildi va o’tkazildi.
Maxsus kurslar “Ekonometrika va statistika”, “Raqamli iqtisodiyot va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” hamda “STATA” o’quv kurslari bo’yicha o’tkazildi.


“STATA” o’quv kurslari “Raqamli statistika” ilmiy-amaliy laboratoriyasida tashkil etildi. Bunda “Raqamli statistika” ilmiy-amaliy laboratoriya kompyuterlarida o’rnatilgan rasmiy “STATA” dasturlaridan foydalanilgan.




