Joriy yilning 28-29 oktyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Milliy Statistika qo‘mitasida Solerno Universiteti huzuridagi “Mehnat va Iqtisodiy siyosat markazi” direktori, professor R.DellʼAnno ishtirokida treninglar tashkil etildi.
Trening mavzulari:
- Kreativ iqtisodiyot statistikasi: UNESKO doiraviy tizimi, Evrostat / IHTT ko‘rsatkichlari va xalqaro amaliyoti;
- Yevropa mamlakatlarida yashirin, norasmiy va noqonuniy iqtisodiyotni baholashning milliy hisoblar yondashuvi.
Mazkur treninglarning nazariy va amaliy ahamiyati, kreativ iqtisodiyot va yashirin iqtisodiyotning uslubiyotlarini takomillashtirishga qaratilgan. Treningda ishtirok etgan Milliy Statistika qo‘mitasi mutahassislarining qiziqtirgan savollariga professor R.DellʼAnno tomonidan javoblar berildi.
Treninglar yakunida hamkorlikda yashirin iqtisodiyot va kreativ iqtisodiyotni baholash uslubiyotini takomillashtirish, Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutida malaka oshirish dasturlari, ilmiy faoliyatni xalqaro standartlar darajasiga olib chiqish va ilg‘or xorijiy tajribalarni joriy qilish kelishildi.




