O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutining 2024 yil 28 avgustdagi 24- sonli buyrug’i bilan “O‘zbekiston statistika axborotnomasi” ilmiy-elektron jurnalining xorijiy hamkorlik aloqalarini rivojlantirish hamda xalqaro darajada tanilishiga erishish maqsadida, “Fahriy xorijiy tahririyat a’zolari” va “Xorijiy tahririyat a’zolari” tarkiblari tasdiqlandi.
“Fahriy xorijiy tahririyat a’zolari” tarkibiga
Institut bilan hamkorlik aloqalari amalga oshirilayotgan
Koreya Statistika boshqarmasining mas’ul xodimlari kiritildi:

Hyun Sik Hwang,
Koreya Statistika boshqarmasi,
Treninglarni rejalashtirish bo‘limi direktori,
Statistika bo‘yicha fan doktori

Koreya Statistika boshqarmasi,
Direktor o‘rinbosari
Iqtisod fanlari bo‘yicha PhD
“Xorijiy tahririyat a’zolari” tarkibiga
Institut bilan hamkorlik aloqalari amalga oshirilayotgan xorijiy oliy ta’lim
va ilmiy tadqiqot muassasalari mas’ullari kiritildi

Jukovskaya Irina Evgenevna
Rossiya Prezidenti huzuridagi Moliya universitetining
“IT i analiz dannix” kafedrasi professori, i.f.d., professor

Yesirkepova Altin Maxmudovna
M.Auezov nomidagi Janubiy-Qozog‘iston universitetining
“Iqtisodiyot” kafedrasi mudiri, i.f.d., professor

Turgel Irina Dmitriyevna
Ural Federal Universitetining “Iqtisodiyot va menejment maktabi” direktori, Scopus va RINTS xalqaro reytinglarga kiritilgan “R-Economy”
jurnalining bosh muharriri, i.f.d., professor


