Joriy yilning 17 mart kuni Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti direktori Sh.Z.Shukurov O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasida Jahon bankning ma’lumotlar bilan ishlash va rivojlantirish dasturi rahbari Malarviji Verppan, Jahon bankning statistika bo‘yicha tahlilchisi Djuderika Dias hamda xalqaro ekspertlar Mayk Xyuz va Dominik Rozkrut bilan amaliy uchrashuv o‘tkazdi.

  Uchrashuvda Institutda joriy yilda bajarilayotgan statistika tizim xodimlarini malaka oshirish va qayta tayorlash kurslari, ilmiy tadqiqotlar dasturi va ularning amaliy natijadorligi to‘grisida batafsil ma‘lumotlar berildi.

  Shuningdek, uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistikasini rivojlantirish strategiyasi loyihasi muhokama qilindi va fikrlar almashinildi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech