Huquqiy asos
  • Rasmiy statistika sohasida xodimlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash hamda maqsadli statistika tadqiqotlarini amalga oshirish bo‘yicha yillik dasturlar loyihalarini, tematik kurslar bo‘yicha o‘qishlar jadvalini, shuningdek, Institut faoliyatini moliyalashtirish hajmi bo‘yicha asoslangan hisob-kitoblarni Milliy statistika qo‘mitasining tegishli tarmoq boshqarmalari bilan kelishilgan holda tayyorlash va Milliy statistika qo‘mitasiga tasdiqlash uchun kiritish.
  • Tegishli vazirlik, idoralar va boshqa tashkilotlardan ilmiy, uslubiy, me’yoriy va tadqiqot ishlariga oid ma’lumotlar hamda zarur materiallarni so‘rab olish uchun murojaatlar qilish.
  • Rasmiy statistika sohasida xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslarining ta’lim jarayoni sifati va natijadorligini tizimli tahlil qilish.
  • Ta’lim tizimini takomillashtirish borasida turli xalqaro va respublika miqyosidagi ko‘rgazma, konferensiya, seminar va boshqa tadbirlarda ishtirok etish.
  • Xalqaro oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik qilish, qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish, hamkorlikda ilmiy tadqiqotlarni bajarish hamda zarur hollarda ilmiy tuzilmalar tashkil etish.
  • Institutning asosiy faoliyat maqsadlariga mos keladigan doiralarda ta’lim sohasida pullik ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish.
  • O‘quv kurslariga professor-o‘qituvchilarni tanlab olishni amalga oshirish, o‘qitish jarayoniga Milliy statistika qo‘mitasining, boshqa iqtisodiy idoralarning, ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalarining yuqori malakali mutaxassislarini jalb qilish.
  • Statistika sohasida o‘quv-uslubiy ishlar, darsliklar, ilmiy maqolalar to‘plamlari, o‘quv qo‘llanmalarini ishlab chiqish, nashr etish va tarqatish.
  • Milliy statistika qo‘mitasida, hududiy statistika boshqarmalari bo‘linmalarida o‘quv kurslari tinglovchilarining amaliyot mashg‘ulotlarini o‘tkazish.
  • Tinglovchilarning olgan bilimlarini nazorat qilish va o‘quv kursini tugatgan tinglovchilarga belgilangan namunadagi sertifikat (guvohnoma) va diplom berish.
  • Xodimlarini o‘quv kurslariga yuborgan statistika organi rahbarlarini, o‘qitish samaradorligi va tinglovchilarning kurslarni o‘zlashtirish bo‘yicha nazariy va amaliy nazorati (test) natijalari to‘g‘risida xabardor qilish.
  • Iqtisodiy-ijtimoiy sohaning dolzarb masalalari bo‘yicha statistika tadqiqotlarini amalga oshirish, bu ishlarga oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalari olimlari va xodimlarini jalb etish.
  • Statistika masalalari bo‘yicha ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar, o‘quv kurslarini, jumladan xalqaro miqyosda, tashkil qilish va ularda ishtirok etish.
  • Shartnoma asosida jismoniy va yuridik shaxslarga o‘quv va konsalting xizmatlari ko‘rsatish, tijorat asosida xo‘jalik shartnomalari bo‘yicha statistik-tahliliy, axborot-hisoblash va soha mavzusi bo‘yicha boshqa ishlarni amalga oshirish.
  • Institut faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha mahalliy hamda xorijiy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan xalqaro aloqalarni o‘rnatish, ularning natijalarini tahlil etish va rivojlantirish.
  • Milliy statistika qo‘mitasi bilan kelishgan holda, alohida vazifalarni bajarish uchun shtat birligi doirasida funksional bo‘linmalar tashkil qilish va ushbu maqsadlarga shartnoma asosida yuridik va jismoniy shaxslarni jalb qilish.
  • O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga va mazkur Nizom talablariga zid bo‘lmagan, Institut vakolatiga kiruvchi boshqa harakatlarni amalga oshirish.
  • Institut zarurat bo‘lganda, vakolati doirasida boshqa davlat organlari va idoralari bilan hamkorlikda hujjatlar tuzishi hamda qabul qilishi mumkin.
  • Institutning majburiyatlari: rasmiy statistika sohasida xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha ta’lim dasturlari, o‘quv-metodik va me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish.
  • Rasmiy statistika sohasi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish, ta’lim jarayoni sifatini va natijalarini tizimli tahlil qilish hamda monitoringini olib borish.
Institutning asosiy vazifalari

Institut faoliyatining asosiy maqsadi statistika ma’lumotlarini to‘plash, qayta ishlash, tahlil qilish va saqlash sohasida kadrlar tayyorlash va malakasini oshirishdan iborat.

Institut faoliyatining asosiy maqsadi statistika ma’lumotlarini to‘plash, qayta ishlash hamda umumlashtirish, tahlil qilish, tarqatish va saqlash bilan bog‘liq faoliyat sohalarida xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tizimli asosda va samarali tashkil qilish, o‘qitish jarayoniga raqamli texnologiyalarni va innovatsion usullarni keng joriy etish, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda, shuningdek, tarmoq va mintaqaviy statistika tadqiqotlarini olib borish hisoblanadi.

Quyidagilar Institutning asosiy vazifalari hisoblanadi:

  1. xalqaro ilg‘or tajriba asosida milliy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ustuvorliklariga mos ilmiy va amaliy statistik tadqiqotlarni olib borish, zamonaviy tahlil usullarini joriy etish orqali hudud va sohalar kesimida ma’lumotlarga asoslangan tahlillar tayyorlash;
  2. yashirin iqtisodiyot va kreativ iqtisodiyotni baholash uslubiyotini takomillashtirish hamda davriy ravishda ularning iqtisodiyotdagi ulushini hisoblash va natijalarini e’lon qilib borish;
  3. ilmiy tadqiqot va innovatsiyalarni kengaytirish, jumladan, sun’iy intellekt (AI) va katta hajmdagi ma’lumotlar (Big Data) asosida ma’lumotlarning sifati va ishonchliligini oshirish bo‘yicha tadqiqotlar olib borish;
  4. statistik ma’lumotlarni muqobil manbalar, jumladan sun’iy yo‘ldosh va dron qurilmalar tasvirlari, mobil va bank tizimi ma’lumotlari hamda boshqa ma’muriy ma’lumotlardan foydalangan holda yuritish usullarini joriy etish bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazish;
  5. statistika organlari hamda vazirlik va idoralar soha mutaxassislarini qayta tayyorlash, malakasini oshirish va bilimlarini baholab borishning uzluksiz tizimini yaratish;
  6. iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarida statistikani shakllantirishning o‘ziga xosligini hisobga olgan holda, maxsus ta’lim modullarini joriy etish;
  7. aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish natijalarini tizimli va chuqur tahlil qilish maqsadida deskriptiv va prediktiv statistik tahlil usullarini ishlab chiqish;
  8. davlat organlari uchun tahlillarga asoslangan qarorlar qabul qilish, qarorlar ta’sirini baholash va raqamlarga asoslangan boshqaruv “evidence-based policy” bo‘yicha ixtisoslashgan o‘quv dasturlarini joriy etish;
  9. mahalliy va xorijiy olim va mutaxassislarni jalb qilgan holda oliy ta’lim muassasalarida iqtisodiyot, ijtimoiy soha va hududlar statistikasiga oid metodologik va o‘quv qo‘llanmalarni ishlab chiqish;
  10. Institut faoliyati doirasida nashr etilayotgan elektron va bosma materiallar, shu jumladan ilmiy maqolalar, tahliliy hisobotlar va statistik byulletenlar sifati va mazmunini doimiy ravishda takomillashtirilib borish;
  11. statistika organlari xodimlari faoliyati samaradorligini baholash (KPI) tizimini ishlab chiqish va joriy etish xodimlarning ish faoliyati natijadorligini aniq, o‘lchovli va shaffof ko‘rsatkichlar asosida baholashga qaratilgan zamonaviy KPI tizimini shakllantirish va yuritish;
  12. statistika kasbining nufuzini oshirish va inson kapitalini rivojlantirish maqsadida yosh mutaxassislarni statistika sohasiga jalb etish, xodimlarni rag‘batlantirishning meritokratik mexanizmlarini joriy etish hamda uzluksiz kasbiy rivojlanish tizimini shakllantirish orqali yuqori malakali kadrlar salohiyatini oshirish;
  13. interaktiv va raqamli ta’lim platformasini joriy etish orqali masofaviy, raqamlashgan va gibrid ta’limni yo‘lga qo‘yish hamda elektron repozitoriy va malaka hujjatlarini raqamlashtirish;
  14. xalqaro hamkorlikni kengaytirish va qo‘shma o‘quv dasturlarini joriy etish, zamonaviy statistika uslubiyotlarini ishlab chiqish va xalqaro standartlarga moslashtirish;
  15. ilmiy tadqiqot tashkilotlari, akademik muassasalar va tahlil markazlari bilan hamkorlik aloqalarni kengaytirib borish hamda qo‘shma tadqiqot va loyihalarni amalga oshirish.

Quyidagilar Institutning asosiy funksiyalari hisoblanadi:

  1. ilmiy va amaliy statistik tadqiqotlarni tashkil etish, tahlil usullarini ishlab chiqish va tadqiqot natijalari asosida tahliliy materiallar tayyorlash;
  2. yashirin va kreativ iqtisodiyotni baholash bo‘yicha uslubiyotlarni ishlab chiqish, hisob-kitoblarni amalga oshirish va natijalarini e’lon qilish;
  3. AI va Big Data texnologiyalari asosida ma’lumotlar sifati va ishonchliligini oshirishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish;
  4. muqobil ma’lumot manbalari asosida statistik ma’lumotlarni shakllantirish va yuritish usullarini ishlab chiqish;
  5. qayta tayyorlash, malaka oshirish va bilimlarni baholash bo‘yicha uzluksiz ta’lim tizimini tashkil etish;
  6. iqtisodiyot tarmoqlari kesimida ixtisoslashgan ta’lim modullari va o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va joriy etish;
  7. ro‘yxatga olish ma’lumotlari asosida deskriptiv va prediktiv tahlil usullarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish;
  8. Evidence-based policy bo‘yicha ixtisoslashgan o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va davlat organlari uchun joriy etish;
  9. metodologik va o‘quv qo‘llanmalarni ishlab chiqishga mahalliy va xorijiy mutaxassislarni jalb etish va ushbu materiallarni tayyorlash;
  10. Institut nashrlarini tayyorlash, tahrir qilish va ularning sifati hamda mazmunini oshirishni tashkil etish;
  11. statistika organlari xodimlari uchun KPI tizimini ishlab chiqish, joriy etish va baholash mexanizmlarini yuritish;
  12. yosh mutaxassislarni jalb etish, rag‘batlantirish va kasbiy rivojlanish mexanizmlarini ishlab chiqish va joriy etish;
  13. raqamli ta’lim platformalari, elektron repozitoriylar va raqamlashtirilgan ta’lim hujjatlarini joriy etish va yuritish;
  14. rasmiy statistika sohasi kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishda masofaviy va boshqa ta’lim shakllarini joriy qilish;
  15. ta’lim berish ishlarini takomillashtirish va o‘quv materiallarini ishlab chiqish;
  16. boshqa soha mutaxassislarining statistikaga oid bilimlarini oshirish bo‘yicha o‘qishlar tashkil etish;
  17. statistika organlari xodimlari uchun malaka oshirish kurslarini joriy qilish;
  18. vazirlik va idoralar xodimlari uchun majburiy malaka oshirish kurslarini tashkil qilish;
  19. kichik tadbirkorlik subyektlari uchun qisqa muddatli o‘quv kurslari tashkil etish;
  20. xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda baholash metodikasini takomillashtirish;
  21. shartnoma asosida ilmiy tadqiqot va tahliliy xizmatlar ko‘rsatish.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech
Tugmani bosing Tinglash GSpeech