Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutida 08.00.06 - “Ekonometrika va statistika” va 08.00.14 “Iqtisodiyotda axborot tizimlari va texnologiyalari” ixtisosliklari bo‘yicha malakaviy imtihon topshiradigan tadqiqotchi (izlanuvchi)dan talab qilinadigan xujjatlar:

 

1. Xujjatlar jildi;

2. Institut nomiga yo‘llanma xat;

3. Tadqiqotchidan malakaviy imtihon topshirish to‘g‘risida institut direktori nomiga ariza;

4. Tadqiqotchining pasporti nusxasi;

5. Tadqiqotchining ma'lumotnomasi (ob'ektivkasi);

6. Tadqiqotchining ma'lumoti to‘g‘risida diplom nusxalari;

7. Tadqiqotchi dissertatsiya mavzusi va unga rahbari tayinlanganligi to‘g‘risida muassasa bo‘yrug‘idan ko‘chirma;

8. Tadqiqotchi dissertatsiya mavzusining OAK byulletenida e'lon qilinganligi to‘g‘risida ma'lumot.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech