ILMIY TADQIQOT YO’NALISHI BO’YICHA ISTIQBOLDAGI REJALAR
- O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik aloqalari doirasida ilmiy-tadqiqot yo‘nalishidagi axborotlar almashinuvini ta’minlash;
- Institut professor-o‘qituvchilarning ilmiy tadqiqot faoliyati samaradorligi va natijadorligini oshirishga ko‘maklashish, institut ilmiy salohiyatini yanada mustahkamlash;
- Institutda oliy ta’limdan keyin ta’lim faoliyati natijadorligini oshirish, tadqiqotchilar faoliyatining muntazam monitoringini ta’minlash, ularning ilmiy-tadqiqotlariga ko‘maklashish, xususan, ilm-fan va amaliyot integratsiyalashuv mexanizmlarini yaratish;
- Institutda oliy ta’limdan keyin ta’lim faoliyatini xorijiy tajriba asosida takomillashtirish, ilmiy kengashlar va himoyalar tizimini xalqaro tajribaga muvofiqlashtirish;
- Tayanch doktarantura, doktarantura, stajer-tadqiqotchilik va mustaqil izlanuvchilarni jalb qilgan holda xorijiy universitetlar, tadqiqot markazlari va institutlari bilan xamkorlikda xorijiy ilmiy tadqiqot tashkilotlari bilan ilmiy va amaliy aloqalarni o‘rnatish, rivojlantirish va mustahkamlash;
- Institutning professor-o‘qituvchilari, ilmiy xodimlari va oliy ta’limdan keyin ta’limda tahsil olayotganlar uchun respublika va xorijiy elektron kutubxonalari hamda xalqaro ilmiy resurslardan foydalanish sharoitlarini yaratish;
- Institutning professor-o‘qituvchilari, ilmiy xodimlari va oliy ta’limdan keyin ta’limda tahsil olayotganlarga respublika va xorijiy konferensiyalarda ishtirok etishlariga ko‘maklashish, ularga axborot xatlarini yetkazish;
- Institutning “O’zbekiston statistika Axborotnoma”si ilmiy elektron jurnalini xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazasiga bosqichma-boschqich kiritilishini ta’minlash.


