O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahat-kengashi tarkibi

Maslahat-kengashi raisi

Z.M. Ziyayev - Davlat statistika qo‘mitasi raisining o‘rinbosari

Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi

Z.N.Talipova - Kadrlar boshqarmasi boshlig‘i

Maslahat-kengashi raisi o‘rinbosari

U.K. Madaminov - Aholi turmush darajasi va kuzatuvlari statistikasi boshqarmasi boshlig‘i

Maslahat-kengashi a’zolari

S.R. Davranova - Buxgalteriya hisobi va hisoboti bo‘limi bosh buxgalteri o‘rinbosari

U.I. Kulmuradov - Ishlar boshqarmasi boshlig‘i

M.N. Nishonova - Statistik instrumentariyni rivojlantirish, matematik usullar va sifatni boshqarish bo‘limi boshlig‘i

J.X. Qambarov (kengash kotibi) - Ijtimoiy soha va barqaror rivojlanish statistikasi boshqarmasining Barqaror rivojlanish va ijtimoiy soha tarmoqlari statistikasi bo‘yicha yig`ma tahliliy axborotlarni shakllantirish bo‘limi boshlig‘i

Maslahat-kengashning asosiy vazifalari

Maslahat-kengashini tashkil etishning asosiy maqsadi Qo‘mitada xotin-qizlar va erkaklar uchun gender tenglikni ta’minlash hamda xotin-qizlarning jinsi bo‘yicha bevosita yoki bilvosita kamsitilishini oldini olishdan iborat.

Maslahat-kengashi qonuniylik, xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqliligi, jinsi bo‘yicha kamsitishga yo‘l qo‘yilmasligi, ochiqlik va shaffoflik prinsiplari asosida faoliyat yuritadi.

Maslahat-kengashi O‘zbekiston Respublikasi Gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha komissiyasining ustuvor yo‘nalishlari va tavsiyalariga amal qilgan holda quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:

xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash borasidagi davlat dasturlari, milliy harakatlar rejalari va strategiyalarni amalga oshirish yuzasidan Qo‘mita rahbariyatiga o‘z takliflarini beradi;

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi va boshqa amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarda ayollarga berilgan imtiyozlarning Qo‘mitada yaratilganlik holatini o‘rganadi va uning natijalari bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;

ichki idoraviy hujjatlarni tahlil qilish orqali aniqlangan gender tengsizlikni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi va Qo‘mita Yuridik bo‘limiga taqdim etadi;

xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar yaratilishi yuzasidan faoliyat jarayonini monitoring qiladi, baholaydi va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish yuzasidan tegishli tavsiyalar ishlab chiqadi va Qo‘mita rahbariyatiga taqdim etadi;

ishga kirish maqsadida murojaat qilgan nomzodlar bilan o‘tkaziladigan suhbat yoki boshqa jarayonlarda, ish beruvchi tomonidan vazifa va lavozimlarga tayinlashda hamda kadrlar zaxirasini shakllantirishda gender tenglikni ta’minlash choralarini ko‘radi;

rahbarlik lavozimlariga iqtidorli, talabchan va mas’uliyatli ayollar nomzodlarini tavsiya qilinishini ta’minlaydi;

xodimlarni ish joyidagi zo‘ravonlikka barham berishga qaratilgan faoliyatni olib boradi va bunday holatlarning oldini olish choralarini ko‘radi;

davlat mukofotlari va ko‘krak nishonlariga tavsiya qilish hamda rag‘batlantirishda gender tenglikni ta’minlash bo‘yicha Qo‘mita rahbariyatiga takliflar kiritadi;

xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash masalalari bo‘yicha o‘qitishni tashkil etish yuzasidan takliflar tayyorlaydi;

bir xil lavozimlarda ishlayotgan xotin-qizlar va erkaklarga oylik ish haqi va unga tenglashtirilgan boshqa to‘lovlar teng to‘lanishini monitoring qiladi;

gender tenglikni ta’minlash madaniyatini shakllantirish maqsadida targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib boradi;

boshqa tashkilotlar bilan gender tenglikni ta’minlash bo‘yicha hamkorlik qiladi;

Qo‘mitada xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha komissiyasi so‘roviga asosan taqdim etib boradi.

Me`yoriy-huquqiy baza
Gender tenglik bo‘yicha yangiliklar hamda o‘tkazilgan mahalliy va xalqaro anjumanlar
  1. Gender tengligi statistikasi

Qo'mita yangiliklari • Nashr etilgan 24/01/2022

“Янги Ўзбекистон” gazetasining 2022- yil 22- yanvardagi 15- sonida Davlat statistika qo’mitasi boshqarma boshlig’i Zoyir Yo’ldoshevning “Gender tengligi statistikasi – mamlakatimizdagi mavjud holatni tahlil ...

  1. Gender statistikasi bo'yicha xalqaro maslahatchi bilan uchrashuv bo'lib o'

Qo'mita yangiliklari • Nashr etilgan 08/10/2021

... Markaziy apparat xodimlari ishtirok etdi. Mazkur uchrashuv davomida mikro, kichik va o'rta korxonalar bo'yicha gender ma'lumotlarini to'plash va tahlil qilish masalalari muhokama qilindi. Tadbir yakunida ...

  1. Gender statistikasi bo‘yicha onlayn o’quv seminar tashkil etildi

Qo'mita yangiliklari • Nashr etilgan 31/08/2021

Joriy yilning 30- avgust kuni Davlat statistika qo‘mitasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining “2030-yilga qadar O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasini tasdiqlash ...

  1. Gender tengligi masalasi muhokama qilindi

manaviyat • Nashr etilgan 15/06/2021

  1. Gender tenglikka erishish strategiyasi bo‘yicha fikr-mulohaza almashildi

Qo'mita yangiliklari • Nashr etilgan 09/06/2021

Joriy yilning 9- iyun kuni Davlat statistika qo‘mitasida videokonferensaloqa tarzida “Gender tenglikka erishish strategiyasi – mazmun va mohiyat” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi. Joriy yilning 9- iyun ...

  1. Gender tenglikka erishish strategiyasi bo‘yicha fikr-mulohaza almashildi

manaviyat • Nashr etilgan 09/06/2021

Joriy yilning 9- iyun kuni Davlat statistika qo‘mitasida videokonferensaloqa tarzida “Gender tenglikka erishish strategiyasi – mazmun va mohiyat” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi. Joriy yilning 9- iyun ...

  1. Gender statistikasini takomillashtirish bo‘yicha vebinar o‘tkazildi

Qo'mita yangiliklari • Nashr etilgan 21/12/2020

Davlat statistika qo‘mitasida Gender statistikasini takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar masalasida onlayn tarzda tadbir tashkil etildi. Davlat statistika qo‘mitasida Gender statistikasini ...

  1. Gender tenglikni ta'minlash masalalari yuzasidan videokonferensiya o‘tkazild

Qo'mita yangiliklari • Nashr etilgan 26/11/2020

O‘zbekiston Respublikasi Gender tenglikni ta'minlash masalalari bo‘yicha komissiyasi va xalqaro tashkilotlarning yurtimizdagi vakolatxonalari o‘rtasida imzolangan hamkorlik ish rejasida 2020- yil 25- noyabr ...

  1. Gender tengligi masalasida hamkorlik qilish yuzasidan fikr almashildi

2020 • Nashr etilgan 18/09/2020

2020- yil 17- sentabr kuni “Markaziy Osiyo mamlakatlarida mintaqalararo va xalqaro savdoni rivojlantirishni qo'llab-quvvatlash” loyihasi doirasida gender masalalari bo‘yicha videokonferensiya tashkil etildi. ...

  1. Gender statistikasi

Rasmiy statistika • Nashr etilgan 18/08/2020

  1. Gender tenglikni ta'minlash masalalari bo‘yicha videokonferensiya o‘tkazild

2020 • Nashr etilgan 17/07/2020

Joriy yilning 16-iyul kuni Davlat statistika qo‘mitasida O‘zbekiston Respublikasi Gender tenglikni ta'minlash masalalari bo‘yicha komissiyasining navbatdagi yig‘ilishiga bag‘ishlangan videokonferensiya ...

  1. 2030-yilgacha bo‘lgan davrdagi Kun tartibi kontekstida bolalar va o‘smirlar hamda gender tenglikka bog‘liq axborotlarni tayyorlash

2019 • Nashr etilgan 04/12/2019

2019-yil 3-dekabr kuni Davlat statistika qo‘mitasida markaziy apparat mutaxassislari uchun “2030-yilgacha bo‘lgan davrdagi Kun tartibi kontekstida bolalar va o‘smirlar hamda gender tenglikka bog‘liq axborotlarni ...

  1. Gender tengligi va xodimlar o‘rtasida muomala madaniyati

2019 • Nashr etilgan 20/11/2019

Joriy yil 20-noyabr kuni Davlat statistika qo‘mitasida “Gender tengligi va xodimlar o‘rtasida muomala madaniyati” mavzusida navbadagi seminar tashkil etildi. Unda qo‘mita markaziy apparati xodimlari ishtirok ...

  1. “Gender statistikasi: kuzatuv muammolari va imkoniyatlar” mavzusida seminar o`tkazildi.

2019 • Nashr etilgan 02/08/2019

Joriy yilning 31-iyul kuni Davlat statistika qo`mitasida Tbilisi shahrida (Gruziya) bo`lib o`tgan “Gender statistikasi: kuzatuv muammolari va imkoniyatlar” mavzusidagi hududiy konferensiyaga bag`ishlangan ...

  1. Davlat statistika qo`mitasi vakili gender statistikasi bo`yicha hududiy konferentsiyada ishtirok etdi

2019 • Nashr etilgan 30/07/2019

Davlat statistika qo`mitasi Yig`ma-axborot ishlari boshqarmasi boshlig`i Xurshid Juraev 2019-yilning 25-26 iyul kunlari Tbilisi shahrida (Gruziya) bo`lib o`tgan “Gender statistikasi: kuzatuv muammolari ...

  1. Gender statistikasi bo’yicha Ishchi sessiyasi bo’lib o’tdi. (Nevshatel sh., Shvetsariya, 2019 yil 13-17 may)

2019 • Nashr etilgan 24/05/2019

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa iqtisodiy komissiyasi tomonidan 2019 yilning 13-17 may kunlari Nevshatel shahrida (Shvetsariya) Gender statistikasi bo’yicha Ishchi sessiyasi tashkil etildi. Birlashgan ...

  1. “Rahbar ayollar” mavzusida onlayn forum tashkil etildi

Qo'mita yangiliklari • Nashr etilgan 26/11/2020

... rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritayotgan ayollar ishtirok etdi. Tadbirni O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi, O’zbekiston Respublikasining Gender tenglikni ta’minlash masalalari ...

  1. Davlat statistika qo'mitasi va Osiyo taraqqiyot banki o'rtasida masofaviy videokonferensiya o'tkazi

2020 • Nashr etilgan 09/06/2020

2020- yilning 9- iyun kuni O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi va Osiyo taraqqiyot banki o`rtasida gender statistikasi bo`yicha masofaviy videokonferensiya o`tkazildi.2020- yilning 9- iyun ...

  1. Shaxsning muvaffaqiyatga erishish motivatsiyasi

2020 • Nashr etilgan 11/03/2020

... rahbar shaxsi psixologiyasi, liderlik va uning o‘ziga xos xususiyatlari, gender tenglik va hayot, boshqaruv muomalasi va uning psixologiyasi mexanizmlari haqida ma'lumot berildi. Shuningdek, shaxsga ...

  1. Davlat statistika qo‘mitasi raisi boshchiligidagi O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi BMT statistika komissiyasining 51-sessiyasida ishtirok etdi

2020 • Nashr etilgan 09/03/2020

... aholining tabiiy harakati statistikasi, sog‘liqni saqlash statistikasi, gender statistikasi, qochoqlar statistikasi, davlat boshqaruvi statistikasi yo‘nalishlari hamda hududiy statistikani rivojlantirish, ...

  1. Xalqaro ekspertlar bilan uchrashuv o‘tkazildi

2020 • Nashr etilgan 28/01/2020

... maqsadi – gender tengligi va statistikasi, xotin-qizlar bandligi, ayollarning roli va bozor islohotlari jarayonida ularning huquqlarini himoya qilishga oid ma'lumotlarni to‘plash va qayta ishlash masalalarini ...

  1. Erkaklar va ayollarning teng huquqlari hamda imkoniyatlarini ta'minlas

2019 • Nashr etilgan 04/12/2019

... maqsad – gender tengligini shakllantirish, erkaklar va ayollar uchun teng huquqlar va teng imkoniyatlar, kadrlar salohiyatini oshirish, xodimlar o‘rtasida muomala madaniyati va do‘stona muhitni qaror toptirish, ...

Qonun orqali demokratiya uchun yevropa komissiyasi uchrashuv

Gender tengligi bo‘yicha seminar tashkil etildi

2022 • Nashr etilgan 20/05/2022

Mamlakatimizda so'nggi yillarda gender tenglikni ta'minlash borasida muhim qadam tashlanmoqda. Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi xotin - qizlari uchun seminar bo'lib o'tdi. Seminarda «Xotin - qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risida»gi to'g'risida so'z yuritildi.

“Markaziy Osiyo mamlakatlarida gender zo‘ravonlikka qarshi idoralararo hamkorlik” masalalari bo‘yicha xalqaro seminar o‘tkazildi

2022 • Nashr etilgan 26/05/2022

Joriy yilning 23–24- may kunlari Qozog‘iston Respublikasining Olma-ota shahrida “Markaziy Osiyo mamlakatlarida gender zo‘ravonlikdan jabrlanganlar uchun sog‘liqni saqlash, ijtimoiy-psixologik himoya va politsiya xizmatlari ko‘rsatishni idoralararo muvofiqlashtirish” mavzusida mintaqaviy seminar boʻlib oʻtdi.

Qo'mita tizimidagi gender tenglik bo'yicha ochiq ma'lumotlar
Ishonch telefoni va elektron pochtasi

Davlat statistika qo‘mitasi tizimida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarning buzilishiga doir omillarni keltirib chiqaruvchi vaziyatlar va holatlarga duch kelsangiz, quyidagi raqamlarga qo‘ng‘iroq qiling yoki elektron pochta manziliga xabar yuboring:

Telefonlar: +99871 202-80-84, +99871 202-80-85

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

 
Tugmani bosing Tinglash GSpeech
Tugmani bosing Tinglash GSpeech