Joriy yilning 11 - sentabrida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti va Qirg’iziston Respublikasi milliy statistika qo’mitasining Statistik tadqiqotlar va kadrlar malakasini oshirish instituti jamoasi bilan onlayn uchrashuv o’tkazildi.

Uchrashuvda tomonlarning faoliyatlariga bag’ishlangan taqdimotlari bilan tanishilda va ikki tomonlama manfaatli hamkorliklarni yo’lga qo’yish kelishildi. Hususan, pedagogik faoliyatda kadrlar almashinuvi, ilmiy tadqiqotlar hamda oliy ta’limdan keyingi ta’lim yo’nalishlarida hamkorliklarga kelishildi.




