Joriy yilning 6 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlar akademiyasida «O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini tahlili» mavzusida ilmiy seminar o‘tkazildi. Seminarda akademiya rahbariyati, professor–o‘qituvchilar hamda kursantlar ishtirok etdilar.
Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Kadrlar malakasini oshirish va statistika tadqiqotlari instituti direktori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor G’oyibnazarov Bahodir Karimovich o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etdilar.
Ma’ruza davomida Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilangan ustuvor yo‘nalishlar va ularning ijrosi, makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni tahlili, tarmoqlar va sohalar darajasida barqaror iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash, innovatsion iqtisodiyotni barpo etish yo‘nalishlari bo‘yicha tahlililiy ma’lumotlar va ilmiy yondashuvlar bayon etildi.
Ma’ruzadan so‘ng akademiya rahbariyati, professor–o‘qituvchilari hamda kursantlari tomonidan bir qator savollar berildi va yetarli darajada javoblar olindi.