MALAKAVIY IMTIHON O’TKAZILISHI TO’G’RISIDA
E’LON
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2017-yil 31-maydagi “O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining 2016-yil 28-yanvardagi 220/2 - son qarori bilan tasdiqlangan “Malakaviy imtihonlarni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom”ga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi 239/6 - sonli qarori (Adliya vazirligida 2017-yil 23-iyunda 2764-1 raqami bilan ro‘yxatga olingan) ijrosini ta’minlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti 2023-yil 25-noyabr kuni soat 1200 da 08.00.06 - “Ekonometrika va statistika” va 08.00.14 - “Iqtisodiyotda axborot tizimlari va texnologiyalari” ixtisosliklari bo‘yicha malakaviy imtihonni o‘tkazadi.
Talabgorlar uchun 2023-yil 23-noyabr kuni soat 1200 da onlayn tarzda maslahat (konsultatsiya) mashg‘uloti tashkil etiladi.
Imtihon topshirishga talabgorlarning hujjatlari 2023-yil 15-noyabrgacha quyidagi manzil bo‘yicha qabul qilinadi:
www.instat.uz e-mail:This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it..
Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutida 08.00.06 - “Ekonometrika va statistika” va 08.00.14 - “Iqtisodiyotda axborot tizimlari va texnologiyalari” ixtisosliklari bo‘yicha malakaviy imtihon topshiradigan tadqiqotchi (izlanuvchi)dan talab qilinadigan hujjatlar:
- Hujjatlar jildi;
- Institut nomiga yo‘llanma xat;
- Tadqiqotchidan malakaviy imtihon topshirish to‘g‘risida institut direktori nomiga ariza;
- Tadqiqotchining pasporti (muddati o‘tmagan bo‘lishi lozim) nusxasi;
- Tadqiqotchining ma’lumotnomasi (ob’ektivkasi);
- Tadqiqotchining oliy ma’lumoti to‘g‘risida diplom nusxalari;
- Tadqiqotchi dissertatsiya mavzusi va unga rahbari tayinlanganligi to‘g‘risida muassasa bo‘yrug‘idan ko‘chirma;
- Tadqiqotchi dissertatsiya mavzusining OAK byulletenida e’lon qilinganligi to‘g‘risida ma’lumot.







