2024-yilning aprel oyida tashkil etiladigan o‘quv kurslari to‘g‘risida
Statistika agentligi direktori tomonidan 2023-yil 28-dekabrda tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutida 2024-yilda statistika organlari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish dasturi” va o‘quv kurslarini o‘tkazish jadvaliga muvofiq, Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti tomonidan shu yilning aprel oyida quyidagi o‘quv kurslari tashkil etiladi:
- “Statistika agentligi tizimida kadrlar bo‘limlari xodimlari salohiyatini oshirish va amaliy ko‘nikmalarni takomillashtirish” (Statistika agentligi markaziy apparati va hududiy statistika boshqarmalarining inson resurslarini boshqarish bo‘yicha xodimlari uchun ) - 1 - 5 - aprel;
- “Statistik tahlilda amaliy – dasturiy paketlardan (“Statistika”, “SPSS”, “Ewiews”, “Stata”) foydalanish” (Statistika agentligining bosh va yetakchi mutaxassislari, hududiy statistika boshqarmalarining bo‘lim boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari, bosh va yetakchi mutaxassislari, tuman va shahar statistika bo‘limlarining boshliqlari, bosh va yetakchi mutaxassislari uchun) - 4 – 9 - aprel;
- “Statistika uslubiyoti va amaliyoti” (hududiy statistika boshqarmalarining tuman va shahar statistika bo‘limlari xodimlari uchun) - 15 – 19 - aprel;
- “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish uslubiyoti va amaliyoti” (Statistika agentligining Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish boshqarmasi xodimlari, hududiy statistika boshqarmalarining ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi boshliqlari va xodimlari uchun) - 22 – 26 - aprel;
- “Statistika (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)” qayta tayyorlash kursi (oliy ma’lumoti iqtisodiyot va statistika bo‘lmagan barcha toifadagi xodimlar uchun) - 22-apreldan.
O’quv – uslubiy ishlar bo‘limi