• Respublika iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy, amaliy va ilmiy-texnikaviy muammolari yechimini aniqlashda institut ilmiy potensialidan samarali foydalanish;
  • Ilmiy ishlarni tashkillashtirish va belgilangan muddatda bajarilishini ta’minlash;
  • Institutning ilmiy faoliyat yo’nalishlarini ishlab chiqish va samarali natijadorligiga erishish
  • Kafedralarning Ilmiy tadqiqot, innovatsiyalar va ilmiy pedagog kadrlarni tayyorlash bo’yicha yillik yo’l xaritalarini bajarilishini nazoratini olib borish
  • Ilmiy va ilmiy-amaliy anjumanlarni rejalashtirish, tashkil etish va o’tkazishni muvofiqlashtirish. Boshqa OTMlarda o’tkazilayotgan konferensiyalarda professor-o’qituvchilari va xodimlarining qatnashishini ta’minlash
  • Institutda ilmiy maktablar faoliyatini kengaytirish va ularga yosh olimlar, iqtidorli talabalarni jalb etish.
  • Xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazalaridan foydalanish, xalqaro ilmiy jurnallarga maqolalar tayyorlash va e’lon qilish, ularni iqtibosligini oshirish bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish
  • O’zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi va nomli davlat stipendiyalari sovrindorlarini tayyorlash jarayonini boshqarish
  • Institutda ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengashlar natijadorligini oshirish
  • Fundamental, amaliy, innovatsiya va Startap loyihalar tanlovlarida professor-o’qituvchilarning faol ishtirokini ta’minlash, shuningdek yangi texnika va texnologiyalarni yaratishda ilmiy-tadqiqot ishlari samaradorligini oshirish;
  • Ilmiy-tadqiqotlar natijalarini o’quv jarayoniga va ishlab chiqarish korxonalariga tadbiq etish;
  • Ilmiy-tadqiqot ishlari uchun moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
  • Ilmiy-texnikaviy hamkorlikni rivojlantirish asosida raqobatbardosh ilmiy ishlanmalar va texnologiyani yaratish.
  • O’zR FA ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikda ilmiy pedagog kadrlarni tayyorlash va ilmiy-tadqiqot ishlarini samaradorligini oshirish.
  • Talabalar ilmiy ishlarini tashkil etish; iqtidorli yoshlar va a’lochi talabalarni ilmiy ishlarga jalb etish, institut, viloyat va respublika miqyosida talabalar ilmiy ishlarining ko’rgazmasini va olimpiadasini tashkil etish va ulardaishtirokini ta’minlash;
  • Doktorant, tayanch doktorant, mustaqil izlanuvchilar va ilmiy xodimlarning doktorlik dissertatsiya mavzularini OAK mavzular bazasiga kiritishni tashkil etish.
  • Institut professor-o’qituvchilari, doktorantlari va talabalari uchun Scopus va Science Direct  xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazasiga kirish imkoniyatlarini yaratish uchun seminar-treninglar o’tkazish.
  • Institutdagi professor-o’qituvchilar, doktorantlar va talabalar ilmiy ishlarining yuqori impakt-faktorga ega bo’lgan ilmiy jurnallarda chop etilishini va iqtiboslikni oshirishni ta’minlash
  • Doktorantlarni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi tanloviga ishtirokini ta’minlash va natijadorligiga erishish
  • Institut kafedralarining ilmiy va innovatsion faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish
  • Institut Ustavi va ichki tartib qoidalariga doktorantlar va mustaqil tadqiqotchilarning rioya qilishi nazoratini amalga oshirish
  • Institut professor-oqituvchilari tomonidan Uniwork elektron platformasiga kiritilgan ilmiy sohaga oid ma’lumotlarni tekshirib borish.
  • Institut ilmiy ishlarini yillik hisobotini tayyorlash va O’zbekiston Respublikasi O va O’MTVga taqdim etish.
Tugmani bosing Tinglash GSpeech