Asosiy -> Hamkorlik -> Xalqaro -> Xalqaro hamkorlik davr talabi

Xalqaro hamkorlik davr talabi

 

Bugungi kunda Davlat statistika qo‘mitasi va uning hududiy bo‘linmalarining ish faoliyati 2002 yil 12 dekabrda tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining “Davlat statistikasi to‘g‘risida”gi qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 31 iyuldagi PQ-3165 - sonli “O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida amalga oshirilmoqda.

 

Davlat statistika tizimida muqaddam milliy iqtisodiyot, tarmoqlar va sohalar bo‘yicha statistik ma’lumotlarni nafaqat ommaviy axborot vositalarida chop etish, hattoki mutaxassislar tomonidan ham olish imkoniyati cheklangan edi. Pirovardida bu mutaxassislar va olimlar tomonidan ilmiy tadqiqot faoliyatini olib borishlari uchun katta to‘siq bo‘lar edi.

 

Shuningdek, tizimda xalqaro aloqalar ham davr talabida emas edi. Turdosh qo‘mita, ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorlik, memorandum yoki shartnomalar tuzish ko‘rsatkichlari ham barmoq bilan sanagulik edi. Bunday holat, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yuqorida qayd etilgan 2017 yil 31 iyuldagi PQ -3165 - sonli qarorida alohida: “beshinchidan, statistik ma’lumotlarni xalqaro statistik nashrlarda chop etish orqali xorijiy biznes-hamjamiyati va xalqaro jamoatchilikning keng doirasini respublikada olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar natijalari to‘g‘risida xabardor etish mexanizmlaridan sust foydalanmoqda” deb, juda o‘rinli qayd etib o‘tilgan. O‘z-o‘zidan namoyon bo‘layaptiki, xorijlik hamkorlar bilan aloqalarni izchil tashkil etmasdan to‘rib, soha va tizimni davr talabiga mos ravishda rivojlantirish mumkin emas.

 

Keyingi ikki yil mobaynida tizimga juda katta erkinliklar byerilishi natijasida mamlakat, hududlar va tarmoqlar bo‘yicha shakllanayotgan makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar OAVlari orqali keng yoritilib kelmoqda. Qo‘mitaning ajralmas tarkibiy qismi hisoblangan Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutida ham o‘z funsional vazifalarini bajarish bilan birga, yuqorida qayd etib o‘tilgan me’yoriy hujjatlar talablari ijrosini ta’minlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Bu borada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ko‘lami keng, lekin xalqaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida alohida to‘xtalish maqsadga muvofiqdir.

 

Institut rahbariyati tomonidan xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish borasida qilingan ishlar haqida to‘xtaladigan bo‘lsak, birgina joriy yilning o‘zida Qozog‘iston Respublikasida faoliyat yuritayotgan turdosh OTMlari bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatildi. Jumladan, Institut tomonidan Ostona shahrida joylashgan Qozog‘iston iqtisodiyot, moliya va xalqaro savdo univyersiteti, Olmoata iqtisodiyot va statistika akademiyasi bilan o‘zaro hamkorlik kelishuvlari imzolandi.

 

Hamkorlik qilishning institutiy bo‘g‘inida professor-o‘qituvchilarning tajriba almashishi, hamkorlikda turli anjumanlar tashkil etish, sohadagi ilg‘or yutuqlar bilan o‘rtoqlashish, ilmiy tadqiqotlarni hamkorlikda bajarish va xalqaro grantlarda birgalikda ishtirok etish va sohaga oid boshqa masalalar nazarda tutilgan.

 

Shu bilan birga, xalqaro hamkorlik geografiyasini yanada kengaytirish bo‘yicha ishlar davom ettirilayotgan bo‘lib, yaqin istiqbolda Rossiya Fedyerasiyasi, Belorussiya Respublikasi va Janubiy Koreyaning turdosh ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan ham hamkorlik memorandumlari imzolanishi kutilmoqda.

 

Shuni alohida qayd etish joizki, ushbu ishlar sohaga oid topshiriqlar ijrosining bir qismi xolos. Istiqbolda kadrlar malakasini oshirishda ham xorijiy tajribalar keng qo‘llaniladi. Shuningdek, qo‘mita tomonidan topshirilgan tarmoqlar statistikasi amaliyotini takomillashtirish yo‘nalishidagi tadqiqot ishlarini ham o‘z vaqtida va sifatli olib borishni davr taqoza etmoqda.

 

Makroiqtisodiy muammolar bo‘yicha statistik tadqiqotlar bo‘limi



  • X
    Комментарий: Имя: Email:
    Введите код с картинки: