Asosiy -> Hamkorlik
Hamkorlik
O`zbekiston
Respublikamizdagi boshqa taʼlim va ilmiy muassasalar bilan amalga oshirilayotgan hamkorliklar
Ushbu boʻlimda Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti tomonidan xodimlarni oʻqitish va statistik tadqiqotlar boʻyicha respublikamizdagi boshqa taʼlim va ilmiy muassasalar bilan amalga oshirilayotgan hamkorlik toʻgʻrisida maʼlumotlar joylashtiriladi.
Institut tomonidan oʻziga yuklatilgan vazifalarni sifatli bajarish, shu jumladan davlat statistika tizimi xodimlarini malakasini oshirish dasturiga kiritilgan oʻquv kurslarini sifatli va mazmunli oʻtkazilishiga erishish, statistik tadqiqotlarni mukammal amalga oshirish maqsadida, respublikamizda faoliyat yuritayotgan boshqa taʼlim va ilmiy muassasalar bilan hamkorlik ishlari olib borilmoqda.
Xalqaro
Xalqaro hamkorlik
Ushbu bo‘limda Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti (avval - Kadrlarni qayta tayyorlash va statistika tadqiqotlari markazi) tomonidan davlat statistika organlari xodimlari malakasini oshirish bo‘yicha o‘qitish hamda statistika metodologiyasi va amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha statistik tadqiqotlar olib borish maqsadida amalga oshirilayotgan xalqaro hamkorlik to‘g‘risida ma’lumotlar joylashtiriladi.
Institut tomonidan o‘ziga yuklatilgan vazifalarni sifatli bajarish, shu jumladan davlat statistika tizimi xodimlarini malakasini oshirish dasturiga kiritilgan o‘quv kurslarini sifatli va mazmunli o‘tkazilishiga erishish, statistik tadqiqotlarni mukammal amalga oshirish maqsadida, chet el ta’lim va ilmiy muassasalari bilan hamkorlik ishlari olib borilmoqda.
Xalqaro hamkorlik davr talabi
Bugungi kunda Davlat statistika qo‘mitasi va uning hududiy bo‘linmalarining ish faoliyati 2002 yil 12 dekabrda tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining “Davlat statistikasi to‘g‘risida”gi qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 31 iyuldagi PQ-3165 - sonli “O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida amalga oshirilmoqda.
Davlat statistika tizimida muqaddam milliy iqtisodiyot, tarmoqlar va sohalar bo‘yicha statistik ma’lumotlarni nafaqat ommaviy axborot vositalarida chop etish, hattoki mutaxassislar tomonidan ham olish imkoniyati cheklangan edi. Pirovardida bu mutaxassislar va olimlar tomonidan ilmiy tadqiqot faoliyatini olib borishlari uchun katta to‘siq bo‘lar edi.