Асосий -> Bilish foydali -> Bilish foydali
Bilish foydali
Hurmatli saytimizga tashrif buyuruvchilar! Ushbu boʻlimda buyuk allomalar, olimlar va davlat rahbarlarining taʼlim, tarbiya, oʻqish va ilm olish masalalarida bildirgan buyuk fikrlari yigʻilib, barchaga tanishish uchun keltirilmoqda. Buyuk shaxslarning bu kabi fikrlari yanada toʻldirib boriladi.
1. “Agar mendan sizni nima qiynaydi? deb soʻrasangiz, farzandlarimizning taʼlim – tarbiyasi, deb javob berardim” (Sh.Mirziyoyev).
2.“Dunyoqarashni nima oʻzgartiradi – ilm, daromad, manfaat” (Sh.Mirziyoyev).
3. “Haq yoʻlinda kim senga bir harf oʻqitmish ranj ila, aylamak boʻlmas ado, oning haqin yuz ganch ila” (A.Navoiy).
4. “Jahonda boʻlmasa muallim agar, hayot ham boʻlmasdi goʻzal bu qadar” (Abduraxmon Jomiy).
5. “Hayot yoʻlida birinchi masala – maktab masalasidir” (Abdurauf Fitrat).
6. “Turli - tuman tarbiyaviy hikoyatlar va hikmatli soʻzlarni toʻplash tengsiz davlatdir” (Gyote).
7. “Modomiki, donolarcha javob berishlarini xohlar ekansan – donolarcha savol ber” (Gyote).
8. “Bilim odamning ijodiy maqsadlariga xizmat etmogʻi lozim. Bilim orttirishning oʻzi kifoya emas, uni iloji boricha keng yoymoq va hayotga tatbiq etmoq zarur”. (A.A.ibn Sino).
9. “Bilim – kuch! Kuch esa bilimdadir” (Frensis Bekon).
10. “Tajribalar – bizning abadiy hayot muallimimiz” (Gyote).
11. “Bilagi zoʻr birni yiqar, bilimi zoʻr – mingni” (Amir Timur).
12. “Ilm – narsalarni inson aqli yordami bilan oʻrganishlikdir” (Abu Ali ibn Sino).
13. “Toʻrt narsa saodat dalilidir: toʻgʻri soʻz, tavoze, halol kasb-hunar, sir saqlash” (Xusayn Voiz Koshifiy).
14. “Ilm oʻrganish – Alloxdan qoʻrqish, uni talab qilish – ibodat, izlash – jihod, bilmaganga oʻrgatish – sadaqa, uni oʻz ahliga oʻrgatish – Allohga qurbatdir. Ilm – tanholikda hamroh, xilvatda – doʻst, toʻgʻri yoʻl koʻrsatuvchi – dalil, begonalar oldida eng sodiq doʻst, Jannat yoʻlining minorasidir” (Xazrat Umar ibn Xattob).
15. “Ilmning avvali sukut, soʻng eshitish, soʻng yod olish, soʻng amal qilish, soʻng uni tarqatish” (Imom Gʻazzoliy).
16. “Bilim qaytarish va takrorlash mevasidir” (A.R.Beruniy).
17. “Eng yomon kishilar ilmga amal qilmaydigan kishilardir. Agar tarbiya qiluvchi muallim olim boʻlib, amalsiz boʻlsa, bu shogirdlar axloqiga yomon taʼsir koʻrsatadi” (A.Avloniy).
18. “Ilmni fursat boʻlganda oʻrganaverish kerak. Chunki ilm zarur boʻlgan paytda fursat topilmaydi” (Abdullox ibn Maʼsud).
19. “Oʻzini gunoh va badxulqlikdan saqlay olmagan kishiga ilm foyda bermaydi” (Imom Shofeiy).
20. “Ustod debdir: bilimni ona qornidan olib tushmaganman; Oʻtmish qonimda-yu, oʻqishdan toʻxtamasman! (Konfutsiy).
21. “Oʻqishni bilsangiz, har bir inson bir kitobdir” (Ali ibn Abu Tolib).
22. “Har kimki ilm hikmatni oʻrganmagan boʻlsa, uni yoshligidan boshlasin, sogʻ-salomatligi yaxshi boʻlsin, yaxshi axloq va odobi boʻlsin, soʻzining uddasidan chiqsin, yomon ishlardan saqlangan boʻlsin, ilmli va dono kishilarni hurmat qilsin, ilm va ahli ilmdan mol-dunyosini ayamasin, barcha real moddiy narsalar toʻgʻrisida bilimga ega boʻlsin” (Farobiy).
23. “Oʻqi, ilmli boʻl, yoki ilmga tayanib ish tutadigan boʻl, loaqal ilmni tinglab eshitadigan boʻl, ammo toʻrtinchisi boʻlma, chunki kasodga uchrab halok boʻlasan” (Abulqosim Zamaxshariy).
24. “Kishikim qilsa olimlarga taʼzim, andoqki qilur paygʻambarga taʼzim” (A.Navoiy).
25. “Men odobni odobsizdan oʻrgandim, chunki uning qilganlarini qilmadim” (Luqmoni Hakim).
26. “Kitobi yoʻq olim johillar qatoriga kiradi” (Sadiy Sheroziy).
27. “Qanday oʻrganishni biling. Keyin oʻrganishni xohlang” (Katerin Jonson).
28. “Vijdon azobi-yu taʼnadan toʻgʻri boʻlmagan odamni taʼlim-tarbiya va qiynash ham toʻgʻrilashi amrimahol” (Abulqosim Zamaxshariy).
29. “Haqiqatni ochinglar, toʻgʻri yoʻldan yuringlar. Bir-biringizdan ilm oʻrganib, kamol topishingiz uchun dil pardasini ochib tashlanglar” (Abu Ali Ibn Sino).
30. “Ilm egallash asnosidagi eng keraksiz narsa dimogʻdorlik, eng zarur narsa vaqtdir” (Zenon).
31. “Ayniqsa vaqtni boy berish bilimdon odamga qimmatga tushadi” (Gyote).
32. “Inson yuksak kamolotga erishuv yoʻlida harakat qilganidek, aqliy bilimini oshirishga ham harakat qilsa, hech shubhasiz oʻzi orzu qilgan baxt-saodatga erishadi” (Farobiy).
33. “Bilimning yagona manbai – tajribadir” (Albert Eynshteyn).
34. “ Vaqti kelib fan xayoldan oʻzib ketadi” (Vern).
35. “Ilm fikrning xos mevasidir. Agar qalbda ilm hosil boʻlsa, holati oʻzgaradi, holati oʻzgarsa, aʼzolarining amali oʻzgaradi. Bas, amal holatga, holat ilmga, ilm fikrga tobedir” (Imom Gʻazzoliy).
36. “Ming yil oʻqisam-u, mendan “nimani bilding”, deb soʻrasalar, “haddimni bildim” deyman” (Jaloliddin Roʻmiy).
37. “Aqlni ota-onangdan topolmagan boʻlsang, koʻchadan qidirma, kitobdan qidir, ustoz-muallimdan qidir. Bulardan ham topolmasang, Quroni Karimdan qidir, hadisi sharifdan qidir! Demak, sen iymonga muxtojsan! (Azimjon Qosimov).
38. “Kitobi yoʻq olim – mevasiz daraxt” (Saʼdiy Sheroziy).
39. “Matematika barcha fanlar eshigi va kalitidir” (Frensis Bekon).
40. “Agar biz butun dunyoda tinchlik oʻrnatishni istasak, ishni bolalar tarbiyasidan boshlashimiz zarur” (M.Gandi).
41. “Chala bilim egasi boʻlishdan koʻra, bilimsizlik afzalroqdir” (Ibn Sino).
42. “Bilim bilan saolat yoʻli ochiladi, shunga koʻra, ilmli boʻl, baxt yoʻlini izla” (Axmad Yugnakiy).
43. “Ilmni tirik kishilar qalblaridan oʻlik qoʻylarning terilariga koʻchirmayman” (Suqrot).
44. “Ustod aytibdir: - Elni kuch bilan itoatga koʻndirsang ham, kuch bilan ilm otiga mindirolmaysan! (Konfutsiy).
45. “Musulmonlarga diniy masalalardan taʼlim berib, shariat aqidalari va islom dini ilmlari: tafsir, hadis, fiqhdan dars bersinlar deb, har bir shaharga olimlar va mudarrislar tayin qildim” (Amir Timur).
46. “Tarixni oʻrganing, jamiyatdagi barcha muammolarning yechimi tarixda mavjud” (Uinston Cherchill).
47.”Danishmandlik – fanlarning eng anigʻi” (Aristotel).
48. “Kim fanda ilgarilab, axloqda oqsasa, u oldinga emas, koʻproq orqaga ketadi” (Aristotel).
49. “Ilm olinglar. Ilm bilan birga, viqor va muloyimlikni ham olinglar. Sizga taʼlim berayotgan kishiga tavozeli boʻlinglar. Sizdan taʼlim olayotganlar ham tavozeli boʻlishsin. Jabr qiluvchi olimlardan boʻlmanglar. Ilmingiz johilligingiz ustiga qoim boʻlmasin” (Ibn Sino).
50. “Ilmni amalda qoʻllay olmas ekansan, koʻp bilishingdan foyda yoʻq”. (Majididdin Xavofiy).
51. “Olim odam – qimmatbaho dinordir, nodon, johil odam – qimmatsiz soxta puldir” (Axmad Yugnakiy).
52. “Ilm-fanga sarmoya doimo katta foyda keltiradi” (Benjamin Franklin).
53. “Yoshlikda zahmat chekib, ilm oʻrgansang, kasb-hunar egallasang, qariganda rohat topasan” (Xusayn Voiz Koshifiy).
54. “Oʻrganish hech qachon miyani toliqtirmaydi” (Leonardo da Vinchi).
55. “Yangi tajriba va bilim bilan kengayib borgan ong hech qachon oʻzining eski holiga qaytmaydi” (Oliver Uendell Xolms).
56. “Ilm egallashni xohlasang, gunohga qoʻl urma” (Bishr ibn Xoris).
57. “Koʻrdimki, eng yaxshi doʻst ilm ekan” (Najmiddin Kubro).
58. “Olim kerakki, oʻz ilmining poya va miqdorini asragay, gavharni imtihon uchun toshga urmagay” (Alisher Navoiy).
59. “Daryolarning doimo dengizga quyilishi uning suviga taʼsir koʻrsatmaganidek, amal va lazzat – haqiqiy ilm oluvchiga taʼsir koʻrsata olmasligi kerak” (Abu Rayhon Beruniy).
60. “Ilmsiz iliksiz soʻngak kabi boʻshdir, iliksiz soʻngakka qoʻl urilmaydi. Bilim bilan kishining martabasi oshadi, ilmsizlik esa kishini tubanlashtiradi. Bilimli kishi kerakli soʻzni soʻzlaydi, keraksiz soʻzni koʻmib tashlaydi” (Ahmad Yugnakiy).
61. “Oʻrganish hech qachon kech emas” (Kvintilian).
62. “Har qanday taʼlim va tarbiyada eng asosiy omil – muallim, uning tafakkur dunyosidir”
(A.Disterveg).
63. “Ilm shunday narsaki, unga oʻzingni butunlay topshirmaguningcha hech narsa bermaydi” (Abu Yusuf).
64. “Ilm unga amal qilgan kishiga chiroy boʻladi, amal qilmaganga naqadar zarar! (Bishr ibn Xoris).
65. “Kitob oʻqishdan oldin oʻzimizni oʻqishni oʻrganaylik” (Jaloliddin Roʻmiy).
66. “Ilmsiz din koʻr, dinsiz ilm oqsoqdir” (Albert Eynshteyn).
67. “Istamay mutolaa qilayotgan talaba – qanotsiz qush” (Saʼdiy Sheroziy).
68. “Hamma ezguliklar bilim tufaylidir. Bilim tufayli goʻyo koʻkka yoʻl topiladi. Soʻz boʻz yerga yashil koʻkdan tushdi, soʻzi tufayli inson oʻzini ulugʻ qildi” (Yusuf Xos Xojib).
69. “Donishmand va olimlarning xulqlaridan oʻrnak olish yaxshi xulqni tiriltiradi, yomonni yoʻq qiladi”. (Abu Rayxon Beruniy).
70. “Oʻzing uchun iloji boricha koʻp mashgʻulot oʻylab top”. (L.Tolstoy).
71. “Kimgaki Alloh taolo yaxshilikni ravo koʻrsa, uni din ilmidan bahramand qiladi, ilmga ilm olmoq yoʻli bilan erishiladi” (Muxammad ibn Ismoil Buxoriy).
72. “Osonlashtiringlar, qiyinlashtirmanglar! Xushxabar aytinglar, qiziqtiringlar, nafratlantirib qoʻymanglar” (Muxammad ibn Ismoil Buxoriy).
73. “Kimki ilm olgan boʻlsa, paygʻambarimizdan toʻliq meros olibdi” (Muxammad ibn Ismoil Buxoriy).
74. “Kimki ilm istab qadam qoʻysa, Alloh taolo unga jannat yoʻlini oson qiladi ” (Muxammad ibn Ismoil Buxoriy).
75. “Uyalgan va mutakkabir kishi ilm ololmaydi” (Muxammad ibn Ismoil Buxoriy).
76. “Ulamolar ilm oʻrgatishga, ilm tarqatishga kirishsinlar, bilmaganlarga oʻrgatsinlar, zero, ilm sir tutilmas ekan, xalokatga uchramaydi” (Muxammad ibn Ismoil Buxoriy)
77. “Bitta ilmiy isbotu - dalilni qoʻlga kiritish men uchun fors saltanatiga hokimlik qilishdan aʼloroqdir” (Demokrit).
78. “Bilimlar moʻlligiga emas, fikrlar moʻlligiga intilmoq joiz” (Demokrit).
79. “Kitobdan emas, kitobsizlikdan qoʻrqing” (Jemil Merich).
80. “Haqiqiy inson hamisha ilm va hunar olishga intiladi. Ilm bir daraxt boʻlsa, odob uning mevasidir. Odobsiz olim mevasiz daraxtdir” (Muxammad Zexniy).
81. “Kitob – yolgʻizlik ummonida choʻkib ketayotgan odam uchun qutqaruv belbogʻi” (Ramon Gomes de la Serna).
82. “Qoʻlga tushganini emas, obdon tanlab – saralab oʻqing. Did va tafakkuringizni tarbiyalang”.
83. “Sizni oʻylashga majbur etadigan kitoblargina eng nafli kitoblardir”.
84. “Men doimo jannat kutubxonaga oʻxshagan joy boʻlsa kerak, deb oʻylayman” (Xorxe Luis Borxes).
85. “Ilmni amalda qoʻllay olmas ekansan, koʻp bilishingdan foyda yoʻq” (Majididdin Xavofiy).
86. “Oʻqimagan kishi uchun hech bir kitob yozilmagan, tinglamagan kishi uchun hech bir hikmat aytilmagan” (Shamsi Tabriziy).
87. “Kitoblar jonsiz, ammo sodiq doʻstlardir”.
88. “Ochganingda huzurlanib, yopganingda ruhan boyligingni his etgan kitobgina yaxshi kitobdir”.
89. “Bilish yetarli emas, unga amal qilish kerak. Xohish ham yetarli emas, unga yarasha harakat qilish kerak” (Jon Volfgang).
90. “Kitoblar bizning eng soʻnggi doʻstlarimizdir, ular bizni aldamaydi, hamisha yonimizda turadi va keksayganimizda ham malomat qilmaydi”.
91. “Qashshoq boʻlsam ham kitob xarid qilaman, bundan ortib qolgan pulga esa yugulik yoki kiyim-kechak sotib olaman” (Roterdamus).
92. “Bilishning ikki koʻrinishi mavjud. Ularning biri tuygʻular vositasida bilish, ikkinchisi tafakkur ila bilishdir” (Demokrit).
93. “Jahon ravshan ziyo-i ilmdandur, koʻngil sofi safo-i ilmdandur” (Anbar Otin).
94. “Oʻz hayot tajribasini har tomonlama boyitmagan odamning tarbiyasi – behuda” (P. Golbax).
95. “Oʻzingiz oʻrganing! Hayot oʻrgatishini kutmang! (Yuriy Nikulin).
96. “Matematika fanlar ichra shoh, uning sirlaridan boʻlingiz ogoh! (Qori Niyoziy).
97. “Tarbiyani tugʻilgan kundan boshlamoq, vujudimizni quvvatlantirmoq, ahloqimizni kuchlantirmoq, zehnimizni rivojlantirmoq lozim” (A.Avloniy).
98. “Soʻzlaguvchi gar nodon erur, tinglaguvchi dono boʻlsin” (Amir Timur).
99. “Hamma dunyoni oʻzgartirishga harakat qiladi, lekin hech kim oʻzini oʻzgartirish haqida oʻylamaydi” (L.Tolstoy).
100. “Hech kim sizdan aqlli emas, hech kim sizdan kuchli emas. Shunchaki, ular sizdan ancha vaqtliroq boshlashgan” (B.Treysi).
101. “Oʻrtamiyona oʻqituvchi bayon qiladi, yaxshi oʻqituvchi tushuntiradi, zoʻr oʻqituvchi koʻrsatadi, buyuk oʻqituvchi esa ruhlantiradi” (Uilyam Artur Uord).
102. “Ilm nihoyasiz kurash demakdir” (Jemil Merich).
103. “Asosi boʻlmagan fandan voz kechsa ham boʻladi” (A.R.Beruniy).
104. “Oʻqing va oʻrganing. Jiddiy kitoblarni oʻqing. Qolganini hayot oʻzi beradi” (F.Dostoyevskiy).
105. “Olim kishini ezgu tutib soʻzin eshit, hunarini oʻrganibon amal qilgʻil” (M.Qoshgʻariy).
106. “Vaqt – dunyoda undan uzun, undan qisqa narsa yoʻq” (Jon Milton).
107. “Ilm uch narsadan iboratdir: zokir til, shokir qalb va sobir badan” (Shamsi Tabriziy).
108. “Ustoz debdir: yoʻlga kirolmasang, jilov tutolmasligingni bilsang, - joningga oʻqish ora kiradi ” (Konfutsiy).
109. “Oz boʻlsa ham bilmoq uchun koʻp oʻqimoq zarur” (Sh.Monteske).
110. “Hamma ibodatlarning eng fazilatlisi ilm bilan qoʻshilib kelganidir” (Abu Ishoq Zuhurhuriy).
111. “Oʻzimdagi barcha yaxshi narsalar uchun kitobdan minnatdorman” (M.Gorkiy).
112. “Ilm ila kimning dili ravshan erur, u zamon ichra salomat tan erur” (Farididdin Attor).
113. “Dunyo obodligi toʻrtta narsa sababidan: rahbarlar adolati, olimlar ilmi, boylar saxovati, muhtojlar duosi”.
114. “Oddiy fikrla, oddiy qabul qil va oddiy yasha! Chunki haqiqat ham juda oddiydir” (Jaloliddin Roʻmiy).
115. “Tarbiya taʼlimdan ustun turadi. Insonni tarbiya voyaga yetkazadi” (G.Spenser).
116. “Bilim deb, narsalarni idrok qilishga aytiladi. Bu shundayki, inson aqli uni xato va yoʻldan toymasdan turib, unga erishishi kerak boʻladigan narsadir. Bordi-yu, bu dalillar ochiq-oydin boʻlsa-yu, isbotlar chinakamiga boʻlsa, u holda bunga hikmat – donishmandlik deyiladi” (Ibn Sino).
117. “Tilingdan oldin qalbingni tarbiya qil, chunki soʻz qalbdan kelib, tildan chiqadi” (Jaloliddin Roʻmiy).
118. “Agar oʻqisang-u oʻylamasang – chalkashib qolasan. Agar oʻylasang-u oʻqimasang shubha – gumonlar tagida qolib ketasan” (Konfutsiy).
119. “Ilmga yetgan oyoq qanotga aylanur” (Jaloliddin Roʻmiy).
120. “Ilm koʻp rivoyat qilish bilan emas, koʻp taqvo qilish bilan boʻladi” (Abdulloh ibn Maʼsud).
121. “Tarbiyadagi eng katta xato oʻta shoshqaloqlikdir” (Jan Jak Russo).
122. “Vijdon azobi-yu taʼnadan toʻgʻri boʻlmagan odamni taʼlim-tarbiya va qiynash ham toʻgʻrilashi amrimahol” (Abulqosim Zamachshariy).
123. “Har kuni aqalli bitta qoʻshiq eshitish, yaxshi rasm koʻrish va iloji boʻlsa, istagan bir hikmatli soʻzni oʻqib olish darkor” (Gyote).
124. “Bilimim shu joyga yetib keldiki, bilimsizligimni endi tushundim” (Abu Shukur Balxiy).
125. “Donishmand va olimlarning xulqlaridan oʻrnak olish yaxshi xulqni tiriltiradi, yomonni yoʻq qiladi” (Abu Rayxon Beruniy).
126. “Men har doim qanaqadir yangi narsani oʻrganishga qiziqaman” (Katerin Jonson).
127. “Dili va tili bir boʻlmagan inson yuz tilni bilsa ham tilsiz sanalgay” (J.Roʻmiy).
128. “Har kimdan kengash oldim, har kimdan fikr oʻrgandim, qaysi biri foydaliroq boʻlsa, uni koʻngil xazinasida saqlab, ishlata bildim” (Amir Timur).
129. “Ishonch bilan gapir, ana shunda soʻz ham, tinglovchilarni mahliyo etish ham oʻz-oʻzidan kela qoladi” (Gyote).
130. “Olim kishilar har yerda aziz va hurmatlidirlar” (A.Avloniy).
131. “Bilishini biladiganning ortidan ergashing, bilishini bilmaydiganni ogohlantiring, bilmasligini biladiganni oʻrgating, bilmasligini bilmaydigandan qoching” (Konfutsiy).
131. “Aqlli boʻlish yetarli emas, muhimi uni ishlata bilishdir” (Rene Dekart).
132. “Yigitlikda yigʻ ilmning maxzani, qarilik chogʻi sarf qilgʻil ani” (A.Navoiy).
133. “Har bir kishi kasb-korni mukammal bilmogʻi, yaxshi tarbiya olmogʻi va yaxshi xulq-odob, fazilatlarga ega boʻlmogʻi kerak” (Farobiy).
134. “Gapirishdan oldin oʻyla, oʻylashdan oldin kitob oʻqi” (Fren Lebovits).
135. “Tahsil olish mashaqqatini tortgan odam johillik kasaliga duchor boʻlmaydi” (Majiddin Xavofiy).
136. “Joʻyali savol bilimning yarmidir” (Jaloliddin Roʻmiy).
137. “Ikki kishi besamar ish qilgan va benaf tashvish chekkan: biri – boylik toʻplab, foydalana bilmagan va ikkinchisi – ilm oʻrganib, unga amal qilmagan (Saʼdiy Sheroziy).
138. “Mutafakkirlarning fikrlari bilan tanishish miya uchun tengsiz mashq: aqlga aql qoʻshadi va fikrni charxlaydi” (I. Gerder).
139. “Olimlarning ishlariga johillar aralashsa ahmoqlar soni ortadi” (Arab hikmati).
140. “Tarixni gʻoliblar yozadi” (Uinston Cherchil).
-
Abdulaziz Abdullaev 26 декабря 2018 23:40:56
Ushbu ruknni ochilishi juda yaxshi bulibdi. Tanishib uqib borish barcha uchun foydali buladi. Rahmat Sizlarga. Yangi yil muborak bulsin.Ответить -
Xolmurodov Nurali 27 декабря 2018 21:48:54
Markaz saytiga birinchi bor kirdim.Ushbu bulimda keltirilgan buyuk shaxslar fikrlari bilan barcha tanishsa yaxshi bulardi.Menga juda yoqdi. Qancha kup bu kabi ma,lumotlar berilsa yanada yaxshi bulardi. Barchaga omad.Yangi yil bilan.Ответить -
Oybek Rustamov 04 февраля 2019 23:28:18
Men ham ushbu ruknni sunggi kunlarda kuzatib borayapman,nomiga mos ekan va bilish foydali.Buni tashkil qilgan va tuldirib borayotgan insonlarga rahmat. Kam bulmang.Ответить -
Sunnatbek Hasanov 10 мая 2019 16:59:51
Hurmatli sayt tashkilotchilari. Men bu saytda doimo yangilanib boriladigan ushbu rukndagi har bir ibratli soʻzlarning biz talaba yoshlar uchun mos va xosligiga, ushbu soʻzlarning magʻzini chaqib, oz boʻlsada kundalik hayotimda amal qilishga harakat qilaman. Sayt ijodkorlari ishlariga omad tilayman.Ответить -
XIzoh : Имя: Email:
Rasmdagi kodni kiriting !!!:
Акром Раджапов 26 декабря 2018 21:32:50