Асосий -> Institut haqida -> Institut haqida

Institut haqida

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 9 apreldagi “Davlat boshqaruvining ochiqligi va shaffofligini taʼminlash hamda mamlakatning statistika salohiyatini oshirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4273-sonli qarori va Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 17 avgustdagi 686-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori bilan Kadrlarni qayta tayyorlash va statistika tadqiqotlari markazi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutiga (keyingi oʻrinlarda - institut) aylantirildi.

      (Maʼlumot uchun: Kadrlarni qayta tayyorlash va statistika tadqiqotlari markazi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 8 yanvardagi 8-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida“gi qaroriga muvofiq tashkil etilgan edi).

    Institut Davlat statistika qoʻmitasining yagona tizimiga kiruvchi davlat taʼlim va ilmiy tadqiqot muassasasi hisoblanadi va oʻz faoliyatida Davlat statistika qoʻmitasiga boʻysunadi.

    Institut davlat statistika organlari xodimlarini, shuningdek iqtisodiyotning boshqa sohalari xodimlarini statistikaga oid masalalar boʻyicha qayta tayyorlaydigan va ularning malakasini oshirilishini taʼminlaydigan davlat taʼlim muassasasi hisoblanadi. Institut iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning dolzarb masalalari, tarmoq va mintaqaviy muammolar boʻyicha statistika tadqiqotlarini amalga oshiradi.

   Institut oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, Oliy Majlis palatalari qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, shuningdek Davlat statistika qoʻmitasining qarorlari, buyruqlari, yoʻriqnomalari, koʻrsatmalari, boshqa meʼyoriy-huquqiy hujjatlariga va institut Ustaviga amal qiladi.

    Institut oʻz faoliyatini har yili Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadigan davlat statistika organlari xodimlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash dasturiga, statistika tadqiqotlarini oʻtkazish dasturiga, shuningdek mahsulotlar, ishlar
va xizmatlardan foydalanuvchilar bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq tashkil qiladi.


 

Institutning asosiy maqsadi va vazifalari:         

 

      Institut faoliyatining asosiy maqsadi davlat statistika organlari xodimlarining malakasini oshirishni tizimli asosda, muntazam ravishda samarali tashkil qilish, oʻqitish jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini va innovatsion usullarni keng joriy etish, iqtisodiy
va ijtimoiy sohalarda, shuningdek tarmoq va mintaqaviy statistika muommolari boʻyicha tadqiqotlarni olib borish hisoblanadi.

 


Quyidagilar institutning asosiy vazifalari hisoblanadi:

 

davlat statistika organlari hamda boshqa vazirlik va idoralar xodimlarining bilim va koʻnikmalarini rivojlantirish hamda takomillashtirishni, shuningdek, kasb mahorati yuksak darajada boʻlishini taʼminlaydigan tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tashkil etish;

 

statistika borasidagi koʻnikmalarni rivojlantirish, tahliliy fikrlash qobiliyatini shakllantirish va ularni amaliyotda qoʻllashga yoʻnaltirilgan, asosan ixtisoslik fanlaridan iborat boʻlgan zamonaviy taʼlim standartlari va sifat jihatidan yangi oʻqitish tizimini joriy etish;

 

statistika sohasidagi ilgʻor tajriba va ilmiy-tadqiqot yutuqlarini ayirboshlash, shuningdek, mutaxassislar tayyorlash, ularning malakasini oshirish va stajirovka oʻtashi boʻyicha mahalliy va xorijiy ilmiy hamda taʼlim muassasalari, xalqaro statistika tashkilotlari bilan hamkorlik qilish;

 

tinglovchilar tomonidan hodisa va jarayonlarni statistik hamda iqtisodiy tahlil qilish uslublari va yondoshishlarning oʻzlashtirilishini taʼminlash, jumladan mustaqil amaliy topshiriqlarni bajarish yoʻli bilan;

 

taʼlim berish ishlarini takomillashtirish, statistika nazariyasi va amaliyotiga yangicha yondashishlar toʻgʻrisidagi tematik oʻquv qoʻllanmalarni, oʻquv va metodik adabiyotlarni ishlab chiqish va tarqatish, kurslarni oʻzlashtirish boʻyicha nazariy va amaliy nazorat tadbirlarini ishlab chiqish hamda oʻtkazish;

 

boshqa soha mutaxassislarining statistikaga oid bilimlarini oshirish boʻyicha shartnoma asosida oʻqishlar tashkil etish;

 

mavjud oʻquv-uslubiy, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va takomillashtirish, oʻquv jarayoniga davlat statistikasi sohasida mutaxassislarni sifat jihatdan yangi darajada tayyorlashni taʼminlovchi, oʻqitishning zamonaviy texnik vositalarini, pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish;

 

milliy darajada qoʻllanilayotgan metodologik vositalar, davlat va idoraviy statistik kuzatuvlarni xalqaro darajada uygʻunlashtirish, moslashtirish va qiyoslash nuqtai nazaridan ularni malakali ekspertizadan oʻtkazish;

 

keyinchalik amaliyotda qoʻllash uchun ilgʻor statistika metodlari va texnologiyalari, shuningdek, ochiq maʼlumotlar sohasida ilmiy tadqiqotlarni hamda innovatsion ishlanmalarni amalga oshirish, shuningdek statistika masalalari boʻyicha mahalliy va xalqaro loyihalarda ishtirok etish;

 


quyidagi vazifalarni bajarishni nazarda tutuvchi maqsadli statistika tadqiqotlarini oʻtkazish:

 

- makroiqtisodiy statistika koʻrsatkichlarining, shu jumladan milliy hisoblar, davlat moliyasi, pul - kredit sohasi, toʻlov balansi
va mehnat bozori statistikasining oʻzaro muvofiqligi va ilmiy asoslanganligini taʼminlash;

 

- kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subʼektlarining choraklik va yillik koʻrsatkichlari statistikasi va hisobining toʻliqliligini taʼminlash;

 

- iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha norasmiy bandlikni statistik hisobga olishning toʻliqliligini taʼminlash boʻyicha uslubiy vositalar ishlab chiqish;

 

- ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni aks ettirishda matematik statistika va ekometrika usullarini keng qoʻllashning uslubiy bazasini yaratish;

 

- mamlakatda “raqamli iqtisodiyot”ning joriy holatini oʻrganish va qisqa va uzoq muddatli rivojlantirish boʻyicha taklif va tavsiyalar tayyorlash


Institutda oʻquv jarayonini tashkil etish.

 

 

      Institutda oʻquv jarayoni statistika fani va faoliyatini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini hisobga olgan holda ishlab chiqiladigan va har yili Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadigan Dasturga muvofiq hamda davlat statistika organlari xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qoʻyiladigan davlat talablariga javob beradigan oʻquv-mavzu rejalar hamda ishchi oʻquv dasturlari asosida tashkil qilinadi va amalga oshiriladi.

 

         Davlat statistika organlari xodimlarini institutda tinglovchilikka qabul qilish, hududiy statistika boshqarmalarining yoʻllanmalari asosida, institut direktorining buyrugʻi bilan amalga oshiriladi.

 


Institutda tinglovchilarni oʻqitish:

 

malaka oshirish kurslarida – bir haftadan uch haftagacha;

 

qayta tayyorlash kurslarida – uch oydan toʻrt oygacha boʻlishi mumkin.

 

Malaka oshirish quyidagilar uchun majburiydir:

 

Davlat statistika qoʻmitasi markaziy apparati xodimlari uchun – ikki yilda bir marta;

 

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalari boshliqlari, boshliq oʻrinbosarlari uchun – yilda bir marta;

 

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalari boʻlim boshliqlari, boʻlim boshligʻi oʻrinbosarlari, bosh, yetakchi va 1-toifali mutaxassislari uchun – ikki yilda bir marta;

 

tuman va shahar statistika boʻlimlari boshliqlari va xodimlari uchun – ikki yilda bir marta;

 

Qayta tayyorlash quyidagilar uchun majburiydir:

 

davlat statistika organlariga ishga yangi qabul qilingan va bazaviy maʼlumoti statistika hamda iqtisodiyot boʻlmagan xodimlar, tizimda ishlash boʻyicha koʻnikma va tajribasi boʻlmagan shaxslar uchun – ishga qabul qilingan kundan boshlab uch oy ichida;

 

davlat statistika tizimining yuqori boʻlinmalariga ishga oʻtayotgan va bazaviy maʼlumoti statistika yoki iqtisodiyot boʻlmagan xodimlar uchun – yangi lavozimga qabul qilingan kundan boshlab olti oy ichida.

 

Institut direktorining Davlat statistika qoʻmitasi bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan uch nafar oʻrinbosari, shu jumladan oʻquv-uslubiy ishlar boʻyicha birinchi oʻrinbosari, ilmiy ishlar, innovatsiyalar va xalqaro aloqalar boʻyicha oʻrinbosari hamda moliya va xoʻjalik ishlari boʻyicha oʻrinbosari boʻladi.

Institutda direktor, uning oʻrinbosarlari, kafedra mudirlari, boʻlim boshliqlari, ilmiy xodimlar Davlat statistika qoʻmitasining yuqori malakali mutaxassislari tarkibida Ilmiy kengash faoliyat yuritadi.

Ilmiy kengashning shaxsiy tarkibi Davlat statistika qoʻmitasi bilan kelishilgan holda Institut direktori tomonidan tasdiqlanadi.

Ilmiy kengash quyidagilar bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqadi va tegishli qarorlar qabul qiladi:

tegishliligi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda Davlat statistika qoʻmitasining normativ - huquqiy hujjatlari ijrosini taʼminlash;

institut kafedralari va tarkibiy boʻlinmalarning hisobotlarini (zaruratga qarab, choraklik, yarim yillik va yillik) koʻrib chiqish;

davlat statistika organlari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish dasturining bajarilishini koʻrib chiqish;

milliy statistika metodologiyasi va amaliyotini takomillashtirish boʻyicha statistik tadqiqotlar dasturining bajarilishini koʻrib chiqish; institutning ilmiy-tadqiqot, oʻquv-uslubiy, maʼnaviy-maʼrifiy va xalqaro hamkorlik ishlari boʻyicha qabul qilingan rejalarning ijrosini muhokama etish;

institutning moddiy-texnika bazasi hamda moliya-xoʻjalik faoliyatini moʻhokama etish va rivojlantirishning yillik va istiqbolli rejalarini tasdiqlash;

davr talabidan kelib chiqqan holda, institut tarkibida kafedralar va boʻlimlarni ochish, tugatish yoki tuzilmaviy oʻzgartirishlar boʻyicha vujudga keladigan dolzarb masalalarni muhokama etish;

xorijiy hamkorlar bilan statistika sohasida olib borilayotgan ishlar va ularning natijalarini tahlil etish hamda muhokama qilish;

institut ilmiy va oʻquv-uslubiy faoliyatiga oid har qanday dolzarb masalalarni muhokama etish va tegishli qarorlar qabul qilish;

institut huzurida «Ekonometrika va statistika» hamda «Iqtisodiyotda axborot tizimlari va texnologiyalari» ixtisosliklari boʻyicha falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini berish boʻyicha ilmiy kengashlar faoliyatini tashkil etish yuzasidan tegishli tashkiliy masalalarni koʻrib chiqish;

amaldagi tartibga asosan institut professor-oʻqituvchilari lavozimlariga nomzodlar tanlovini amalga oshirish;

institut faoliyati bilan bogʻliq boshqa masalalarni koʻrib chiqish, muhokama qilish va qaror qabul qilish.

Ilmiy kengash faoliyatining tartibi kengash tomonidan tasdiqlanadigan reglament bilan belgilanadi.


Institutning xalqaro aloqalari.

         Institut davlat statistika organlari xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hamda statistika tadqiqotlarini amalga oshirish sohasida xalqaro hamkorlik qiladi, xorijiy hamkorlar bilan shartnomalar tuzadi, tegishli xalqaro tashkilotlar bilan belgilangan tartibda oʻzaro manfaatli asosda ilmiy axborotlar almashish ishlarini yoʻlga qoʻyadi, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq aloqalarni amalga oshiradi.

2020 yil 1 yanvar holatiga institutning quyidagi xorijiy oliy taʼlim va ilmiy – tadqiqot muassasalari bilan tuzilgan hamkorlik shartnomalari amal qilmoqda:

Olmaota iqtisodiyot va statistika akademiyasi;

Qozogʻiston iqtisodiyot, moliya va xalqaro savdo universiteti;

Rossiya - Tojikiston (slavyan) universiteti;

Akademik B.Gʻofurov nomidagi Xoʻjand davlat universiteti



  • X
    Izoh : Имя: Email:
    Rasmdagi kodni kiriting !!!: