Asosiy -> Yangiliklar -> Institut yangiliklari -> MUVAFFAQIYATLI DISSERTATSIYA HIMOYALARI HAFTALIGI

MUVAFFAQIYATLI DISSERTATSIYA HIMOYALARI HAFTALIGI

    Joriy yilning 2-fevral kuni Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.29/30.12.2019.I.92.01 raqamli Ilmiy kengashda institut tayanch doktoranti (PhD) Anorboyeva Baxtijamol Daniyar qizining “Meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan fermer xo’jaliklari iqtisodiy faoliyatining statistik tadqiqoti (Toshkent viloyati misolida)” mavzusidagi hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti mustaqil izlanuvchisi Yuldoshev Zoyir Toshkanovichning 08.00.06 – Ekonometrika va statistika ixtisosligida “O’zbekiston Respublikasida aholi bandligining statistik tadqiqi” mavzusidagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishining onlayn va oflayn himoyasi tashkil etildi. Dissertatsiya himoyasi muvaffaqiyatli o‘tdi.

    Shuningdek, Ilmiy kengash tomonidan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tayanch doktoranti (PhD) Yuldashev Eldor Ilxomovichning 08.00.06 – Ekonometrika va statistika ixtisosligida “O’zbekiston Respublikasida tashqi savdoning rivojlanish jarayonlarining istisodiy-satatistik tahlili” (ilmiy rahbar: i.f.d., prof. Sh.T. Ergasheva) mavzusidagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozgan dissertatsiya ishi; 

    Toshkent davlat transport universiteti mustaqil izlanuvchisi (PhD) Babaxanova Nilufar Usmandjanovna ning 08.00.06 – Ekonometrika va statistika ixtisosligida “Temir yo’l tarmog’i faoliyati ko’rsatkichlarini iqtisodiy-statistik tahlili” (ilmiy rahbar: i.f.n., dots. S.M. Sultonova) mavzusidagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishilari himoya uchun qabul qilindi hamda rasmiy opponent va yetakchi tashkilotlar belgigandi.

    Institut jamoasi tayanch doktorant (PhD) Anorboyeva Baxtijamol Daniyar qizining ilmiy rahbari i.f.n., dots. A.J. Siddiqov hamda mustaqil izlanuvchi Yuldoshev Zoyir Toshkanovichning ilmiy rahbari i.f.d., prof.  B.K. Goyibnazarovni, shuningdek, dissertatnlarning oila a’zolarini muvavaffaqiyatli dissertatsiya himoyasi bilan tabriklab, keyingi ilmiy izlanishlariga omad tilab qoladi!




  • X
    Комментарий: Имя: Email:
    Введите код с картинки: