Asosiy -> Yangiliklar -> Institut yangiliklari -> 2019 yil yanvar-dekabr oylarida amalga oshirilgan tadqiqot ishlari toʻgʻrisida
2019 yil yanvar-dekabr oylarida amalga oshirilgan tadqiqot ishlari toʻgʻrisida
Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti tomonidan 2019 yil yanvar-dekabr oylarida amalga oshirilgan tadqiqot ishlari toʻgʻrisida maʼlumot
Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti tomonidan joriy yilda statistik tadqiqot ishlari Davlat statistika qoʻmitasi raisi tomonidan 2018 yil 25 dekabrda tasdiqlangan “Kadrlarni qayta tayyorlash va statistika tadqiqotlari markazining 2019 yilda statistika tadqiqotlarini amalga oshirish boʻyicha ish rejasi”ga muvofiq amalga oshirilmoqda.
Tasdiqlangan ish rejasiga asosan, joriy yilda 10 ta mavzuda tadqiqot ishlarini amalga oshirish belgilangan boʻlib, institut xodimlari tomonidan yanvar-dekabr oylarida quyidagi tadqiqot ishlari bajarilib, Davlat statistika qoʻmitasining tegishli tarmoq boshqarmalariga taqdim etildi va ularning xulosalari olindi.
1. “Asosiy kapitalga investitsiyalar hajmini diskret usulda hisoblash boʻyicha uslubiy tavsiyalar” mavzusi boʻyicha tayyorlangan tadqiqot ishi Davlat statistika qoʻmitasining Investitsiyalar va qurilish statistikasi boshqarmasiga 2019 yil aprel oyi boshida taqdim etildi. Mazkur tadqiqot ishi doirasida asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmini diskret usulda hisoblash boʻyicha xalqaro tajribalar asosida tayyorlangan tavsiyalar qoʻmitaning Investitsiyalar va qurilish statistikasi boshqarmasi xodimlari tomonidan oʻrganib chiqildi va asosiy kapitalga investitsiyalar hajmini diskret usulda hisoblashda qoʻllash uchun qabul qilindi.
2. “Uy–joylarning birlamchi va ikkilamchi bozorlardagi sotish narxlarini statistik kuzatuvini tashkil etish boʻyicha uslubiy tavsiyalar” mavzusi boʻyicha tadqiqot ishini bajarish davomida institut tadqiqotchilari tomonidan Toshkent uy-joy bozoriga, davlat notarial idorasiga, Rieltorlar uyushmasiga, Oʻzergeodezkadastr davlat qoʻmitasiga tashrif buyurilib, qoʻyilgan masalalar amaliyotda batafsil oʻrganib chiqildi. Xalqaro tajriba va milliy amaliyot xususiyatlaridan kelib chiqqan holda tayyorlangan tadqiqot ishi va uslubiy tavsiyalar 2019 yil aprel oyi boshida qoʻmitaning Narxlar statistikasi boshqarmasiga taqdim etildi va tegishli xulosa olindi. Uslubiy tavsiyalar uy – joylarning birlamchi va ikkilamchi bozorlardagi sotish narxlarini statistik kuzatuvini tashkil etishda qoʻllaniladi.
3. «Kichik biznes subʼektlarida oʻtkaziladigan tanlanma kuzatuvlarini xorij tajribasi asosida takomillashtirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish” mavzusi boʻyicha bajarilgan tadqiqot ishi va tayyorlangan uslubiy tavsiyalar shu yilning iyun oyi boshida qoʻmitaning Ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari, tadbirkorlikni rivojlantirish statistikasi boshqarmasiga topshirildi va tanlama kuzatuvlarni oʻtkazish amaliyotini takomillashtirish uchun qoʻllanishi toʻgʻrisida xulosa olindi.
4. “Zamonaviy axborot tizimlaridan foydalangan holda (tovar va xizmatlarni sotish yoki sotib olish, buyurtma berish va shartnoma tuzishni kuzatish hamda mobil tijoratni qoʻshgan holda) elektron tijorat statistikasini shakllantirish boʻyicha uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqish” mavzusi boʻyicha tadqiqot ishini amalga oshirish davomida, institut tadqiqotchi xodimlari tomonidan shu yilning may oyida Toshkent shahridagi internet - magazin faoliyati bilan shugʻullanayotgan “ART INVENTION”, “Alibazar” va “Арба.uz” savdo firmalariga tashrif buyurildi va ularning mutaxassislari bilan mavzu masalalari batafsil muhokama qilindi. Tadqiqot ishi va tayyorlangan tavsiyalar shu yilning iyun oyi boshida qoʻmitaning Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi boshqarmasiga topshirildi va elektron savdo statistikasi amaliyotiga qoʻllash boʻyicha xulosa olindi.
5. “Inflyatsiyani aniqlash hamda isteʼmol narxlari indeksi koʻrsatkichini hisoblashda ayrim murakkab holatlarni hisobga olishning jahon tajribasi tahlili va ularni Oʻzbekiston sharoitida qoʻllash boʻyicha takliflar ishlab chiqish” mavzusi boʻyicha xorijiy tajriba va xalqaro tashkilotlar tavsiyalarini oʻrgangan holda bajarilgan tadqiqot ishi va tayyorlangan uslubiy tavsiyalar shu yilning iyul oyi boshida qoʻmitaning Narxlar statistikasi boshqarmasiga topshirildi va narxlar statistikasi amaliyotini takomillashtirishda foydalanish boʻyicha xulosa olindi.
6. “Oʻrtacha oylik ish haqining oraliq oʻzgaruvchanlik taqsimlanishi hisob - kitobi toʻgʻrisida uslubiy tavsiyalar” mavzusi boʻyicha xalqaro tajribani oʻrgangan holda amalga oshirilgan tadqiqot ishi va tayyorlangan uslubiy tavsiyalar shu yilning iyul oyi boshida qoʻmitaning Demografiya va mehnat statistikasi boshqarmasiga taqdim etildi va oʻrtacha oylik ish haqini hisoblash uslubiyotini takomillashtirishda qoʻllash boʻyicha xulosa olindi.
7. “Dehqon (shaxsiy yordamchi) xoʻjaliklarida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda mavjud chorva mollari va parrandalar bosh soniga oid statistik maʼlumotlarni shakllantirish va hisobot taqdim etish tizimini tubdan yaxshilash boʻyicha tavsiyalar (xorij tajribasini inobatga olgan holda)” mavzusi boʻyicha xalqaro tajribani va mavjud amaliyotni joyiga chiqib oʻrgangan holda tayyorlangan tadqiqot ishi va tavsiyalar oktabr oyida qoʻmitaning Qishloq xoʻjaligi va ekologiya statistikasi boshqarmasiga topshirildi va qishloq xoʻjaligi statistikasi amaliyotini takomillashtirishda qoʻllash boʻyicha xulosa olindi.
8. ”Iqtisodiy faoliyat turlari kesimida yashirin iqtisodiyotni baholash boʻyicha xorijiy davlatlar tajribasini oʻrganish va takliflar ishlab chiqish” mavzusi boʻyicha tadqiqot ishi xalqaro tashkilotlar tavsiyalari va rivojlangan davlatlar tajribalarini oʻrgangan holda tayyorlandi va takliflar bilan birgalikda shu yilning noyabr oyida qoʻmitaning Makroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar boshqarmasiga topshirildi. Tadqiqot ishi va takliflar iqtisodiy faoliyat turlari kesimida yashirin iqtisodiyotni ham baholagan holda makroiqtisodiy koʻrsatkichlarni hisoblash amaliyotini takomillashtirishda qoʻllanilishi boʻyicha xulosa olindi.
9. ”Turizm xizmatlari eksporti va importi hajmini xalqaro standartlarga muvofiq baholash boʻyicha uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish” mavzusi boʻyicha tadqiqot ishi xalqaro tashkilotlar tavsiyalari va rivojlangan davlatlar tajribalarini oʻrgangan holda tayyorlandi va takliflar bilan birgalikda Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi boshqarmasiga topshirildi va xulosa olindi.
10.“Milliy hisoblar tizimi - 2008” xalqaro standartlariga muvofiq uy xoʻjaliklarining yakuniy isteʼmol harajatlarini baholash boʻyicha uslubiy tavsiyalar tayyorlash” mavzusi boʻyicha tadqiqot ishi davom ettirilmoqda.
-
XКомментарий: Имя: Email:Введите код с картинки: