Asosiy -> Yangiliklar -> Institut yangiliklari -> Davlat boshqaruvi organlari iqtisodchi xodimlari uchun mo‘ljallangan «Statistika asoslari» o‘quv kursi tashkil etilganligi to‘g‘risida

Davlat boshqaruvi organlari iqtisodchi xodimlari uchun mo‘ljallangan «Statistika asoslari» o‘quv kursi tashkil etilganligi to‘g‘risida

    O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 avgustdagi “O’zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ - 4796 -sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”ning 84 - bandi bilan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda iqtisodiyot tarmoqlari xodimlarining amaliy bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida «Statistika asoslari» bo‘yicha o‘qitishni yo‘lga qo‘yish vazifasi belgilangan edi.


    Davlat rahbarining yuqorida qayd etilgan qarori talabini 2023 yilda bajarilishini tizimli tashkil etish maqsadida, «Statistika asoslari» bo‘yicha 20 soatlik maxsus o‘quv kursi ishlab chiqildi hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining direktori tomonidan 2023 yil 12 yanvar kuni “O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 avgustdagi PQ - 4796 -sonli qaroriga muvofiq 2023 yilda davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda korxonalar va tashkilotlar iqtisodchi xodimlari uchun shartnoma asosida “Statistika asoslari” kursini tashkil etish va o‘tkazish reja – jadvali” tasdiqlangan bo‘lib, unga asosan shu yilning yanvar – fevral oylarida respublika vazirliklari va idoralarining iqtisodchi xodimlarini o‘qitish belgilangan.

Mazkur tasdiqlangan reja – jadvalga muvofiq, 2023 yil 22 - 24 fevral kunlari uchun O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti tomonidan quyidagi qo‘mitalar va agentliklar iqtisodchi xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv kursi tashkil etildi:

1. Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi;

2. Iqtisodiyot va moliya vazirligining Soliq qo‘mitasi, Bojxona qo‘mitasi, Kadastr agentligi;

3. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi, Eksportni rag‘batlantirish agentligi;

4. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi;

5. Qishloq xo‘jaligi vazirligining Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi, Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi, O’simliklar karantini va himoyasi agentligi, Qishloq xo‘jaligida xizmatlar ko‘rsatish agentligi;

6. Transport vazirligining Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi;

7. Tabiat resurslari vazirligining O’rmon xo‘jaligi agentligi, Gidrometeorologiya xizmati agentligi;

8. Sog‘liqni saqlash vazirligining Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi;

9. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Maktabgacha ta’lim agentligi, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi;

10. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Innovatsion rivojlanish agentligi, Bilim va malakalarni baholash agentligi;

11.Yoshlar siyosati va sport vazirligining Yoshlar ishlari agentligi.

 

   O’quv kursi mashg‘ulotlari Statistika agentligi bilan kelishilgan holda tasdiqlangan o‘quv rejasiga muvofiq va maxsus ishlab chiqilgan dastur asosida tashkil etilgan va o‘tkazilmoqda. O’z navbatida, kurs ishtirokchilari o‘tilgan mashg‘ulotlar bo‘yicha elektron shaklda ma’ruza matnlari, taqdimot va tegishli tarqatma materiallari bilan ta’minlanadi.

Shuningdek, kurs yakuni bilan uning ishtirokchilariga belgilangan namunadagi guvohnoma beriladi.



  • X
    Комментарий: Имя: Email:
    Введите код с картинки: