Asosiy -> Yangiliklar -> O`zbekiston yangiliklari -> «Statistika asoslari» bo‘yicha Buxoro viloyatida qisqa muddatli sayyor o‘quv kursi boshlandi

«Statistika asoslari» bo‘yicha Buxoro viloyatida qisqa muddatli sayyor o‘quv kursi boshlandi

    Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti tomonidan «Statistika asoslari» bo‘yicha shartnoma asosida Buxoro viloyatining barcha bo‘g‘indagi hokimliklari va shahar tashkilotlari iqtisodchi xodimlari uchun shu yilning 25 – 27 iyun kunlariga mo‘ljallangan qisqa muddatli sayyor o‘quv kursi boshlandi.


    O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 avgustdagi “O’zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ - 4796 -sonli qaroriga 2 - ilova bilan tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”ning 84 - bandida Davlat statistika qo‘mitasiga davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda iqtisodiyot tarmoqlari xodimlarining amaliy bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida, shartnoma asosida «Statistika asoslari» bo‘yicha o‘qitishni yo‘lga qo‘yish vazifasi belgilangan.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, Davlat statistika qo‘mitasi va uning huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti tomonidan shartnoma asosida «Statistika asoslari» bo‘yicha malaka oshirish kursi 2021 yilning yanvar - aprel oylari davomida barcha vazirliklar, davlat qo‘mitalari, qo‘mitalar, agentliklar va markaziy muassasalar iqtisodchi xodimlari uchun, 2021 yilning may – dekabr oylarida esa Farg‘ona, Namangan, Andijon viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi mahalliy davlat hokimiyati organlari va tashkilotlari iqtisodchi xodimlari uchun tashkil etildi.

Davlat rahbarining yuqorida qayd etilgan qarori talabini joriy 2022 yilda ham bajarilishini tizimli tashkil etish maqsadida, Davlat statistika qo‘mitasi raisi tomonidan 2022 yil 5 yanvar kuni “O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 avgustdagi PQ - 4796 -sonli qaroriga asosan 2022 yilda davlat hokimiyati organlari hamda korxona va tashkilotlari iqtisodchi xodimlari uchun “Statistika asoslari” o‘quv kursini tashkil etish va o‘tkazish reja – jadvali” tasdiqlangan bo‘lib, unga asosan shu yilning fevral – iyul oylarida Toshkent shahrida, Toshkent, Qashqadaryo, Navoiy va Samarqand viloyatlarida shartnoma asosida sayyor o‘quv kurslari muvaffaqiyatli o‘tkazildi.







Mazkur tasdiqlangan reja – jadvaliga muvofiq, navbatdagi sayyor o‘quv kursi shu yilning 25 avgust kuni Davlat statistika qo‘mitasi va Buxoro viloyati hokimligining bevosita ko‘magida mamlakatimizning eng nufuzli va salohiyatli hududlaridan biri hisoblangan Buxoro viloyatining barcha bo‘g‘indagi (viloyat, tuman va shahar) hokimliklari, shuningdek, viloyat korxona va tashkilotlari iqtisodchi xodimlari uchun tashkil etildi va 3 kun davomida o‘tkaziladi. 

Mazkur o‘quv kursi mashg‘ulotlari Davlat statistika qo‘mitasi bilan kelishilgan holda tasdiqlangan o‘quv rejasiga muvofiq va maxsus ishlab chiqilgan dastur asosida olib boriladi.

O’z navbatida, kurs ishtirokchilari institut professor - o‘qituvchilari tomonidan elektron shaklda tayyorlangan ma’ruza matnlari, taqdimot va tegishli tarqatma materiallari, shuningdek, Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan taqdim etiladigan 2021 yil uchun hududlar ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanishining dastlabki yakunlari bo‘yicha tahliliy statistik ma’lumotlar bilan ta’minlandi va kurs yakunida ularga belgilangan namunadagi guvohnoma beriladi.    


O’quv – uslubiy ishlar bo‘limi



  • X
    Комментарий: Имя: Email:
    Введите код с картинки: