Asosiy -> Yangiliklar -> O`zbekiston yangiliklari -> Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutida “Statistika (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)” qayta tayyorlash kursi bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiya jarayonlari tashkil etildi

Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutida “Statistika (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)” qayta tayyorlash kursi bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiya jarayonlari tashkil etildi

    O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutida 2022-yilning 22-23-noyabr kunlari “Statistika (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)” qayta tayyorlash kursi bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiya jarayonlari tashkil etildi. Ushbu jarayon 2021-yil 20-dekabr kuni tasdiqlangan “Davlat statistika organlari xodimlarini 2022-yilda qayta tayyorlash va malakasini oshirish dasturi”ga muvofiq tashkil etilgan bo‘lib, institutining 2022-yil 22-avgustdagi 22-O’-sonli  buyrug‘iga asosan jami 23 nafar tinglovchi jalb etildi. Tinglovchilarga 576-soatlik qayta tayyorlash o‘quv kursini institutning tajribali professor-o‘qituvchilari ta’lim berib, Davlat statistika qo‘mitasining bir qator boshqarmalarida seminar-treninglar olib borildi. Yakuniy davlat attestatsiya jarayoni institutning 2022-yil 9-noyabrdagi 38-sonli buyrug‘iga asosan tashkil etilib, tinglovchilar qayta tayyorlash kursi yakunida chiqish testi va og‘zaki imtihoni topshirishdi. Mazkur qayta tayyorlash kursini muvaffaqiyatli tugatgan tinglovchilarga institute rahbariyati tomonidan belgilangan namunadagi diplomlar taqdim etildi.




  • X
    Комментарий: Имя: Email:
    Введите код с картинки: